Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Millatlar ligasi finali qiziqarli to‘qnashuvmi?

Millatlar ligasi finali qiziqarli to‘qnashuvmi?

Baho:
+ | -

Bir qaraganda, oddiy Millatlar kubogi finali, lekin o‘yindagi kuchlar muvozanatini nazarga olsak, ancha qiziq to‘qnashuv.

Sababi. Futbolda azaldan ikki maktab bor. Yulduzlarga moslashtirilgan taktika yoki taktikaga xizmat qiladigan ijrochilar... Murabbiylar va jamoalar ham mana shu ikki yo‘nalishga bo‘linadi. Bir tarafda Kroyf, Gvardiola, Tuxel, Klopp, ikkinchi tomonda Fergyuson, Anchelotti, Zidan, Sulsher... Bir tomonda "Real", "MYU", "PSJ", ikkinchi tomonda "Siti", "Chelsi", "Bavariya".

Bilasizmi, xuddi klublar futboli singari, milliy jamoalarda ham o‘yin qurishga sistematik murabbiylar paydo bo‘ldi va mana shunday murabbiylik jamoalari ichidagi eng yorqin va balki kuchli namuna — Ispaniya.

Fransiya esa, teskari g‘oyani targ‘ib qiladi, boshqacha bo‘lishi mumkinmas, zero ayni paytda dunyoda eng yulduzli jamoa aynan Deshamda. Benzema, Mbappe, Pogba, Grizmann, tabiiyki, ularni bir tizimga moslash mumkinmas, tabiiyki har qanday murabbiy o‘yinini ushbu yulduzlarning ustunlik va kamchiliklari asosiga quradi.

Qizig‘i, ispanlar yarim finalda xuddi o‘ziga o‘xshagan sistematik jamoa bo‘lmish Italiyani, fransuzlar esa, boshqa bir yulduzli tarkib — Belgiyani yengishdi. Ya’ni har qanday holatda ham biz mana shu azaliy savol, sistema va ijrochilar o‘rtasidagi masalani guvohi bo‘lardik.

Bir o‘yin, albatta, yakuniy xulosani bermaydi, ammo navbatdagi to‘qnashuvni kuzatish, ikki g‘oya o‘rtasidagi farq va bu safar ham, qanday qilib sistema yulduzlarni soyada qoldira olishi yoki aksincha, ijrochilar sistemani parchalashi mumkinligini kuzatish maroqli.

Siz qaysi tomondasiz?

Qahramon ASLANOV.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 18:54, 10.10.2021.
O'qildi: 2963 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.