Italiya va Belgiya terma jamoalari Millatlar Ligasida 3-o‘rin uchun o‘yin o‘tkazishmoqda.
Italiyaliklar safida sardorlik bog‘ichi bilan maydonga darvozabon Janluiji Donnarumma tushib keldi.
"PSJ" darvozaboni 22 yosh, 7 oy va 15 kunligida Janni Rivera davridan buyon terma jamoaning eng yosh sardori bo‘ldi. Rivera 1965 yil 8 aprelda Italiya terma jamoasining Polshaga qarshi o‘yinida 21 yoshida sardor bo‘lgan edi.