Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Faxriylar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi sovrindorlari aniqlandi

Faxriylar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi sovrindorlari aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Jizzax viloyati mezbonlik qilgan 40 yoshdan katta bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki bahs «Toshkent» hamda «Navoiy» jamoalari o‘rsatida 3-o‘rin uchun kechdi. Tengma teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvning asosiy bo‘limlarida g‘olib nomi aniqlanmadi. Shundan keyin penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unga ko‘ra, omad «Toshkent» jamoasiga kulib boqdi, 5-4.

Final uchrashuvida esa «Jizzax» va «Qo‘qon» jamoalari kuch sinashishdi. Mazkur bahsda mezbonlar Ulug‘bek Baqoyevning kiritgan goli evaziga g‘alabani qo‘lga kiritib, turnir chempioniga aylandilar.

Final uchrashuvidan so‘ng taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA birinchi vise-prezidentining maslahatchisi Rahmiddin Zikriyoyev, O‘FA faxriylar kengashi raisi To‘lagan Isoqov, O‘FA hududiy futbol assosiasiyalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Shirinov, «So‘g‘diyona» klubi prezidenti O‘ktam Mahmudjonov, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:13, 10.10.2021.
O'qildi: 1670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик