«Roma» hujumchisi Temmi Abraxam Rim klubidagi faoliyati haqida gapirdi.
«Men «Roma»ga o‘tib, to‘g‘ri tanlov qildim. Umid qilamanki, hammasi endigina boshlanmoqda, men rivojlanishda davom etaman. Har hafta maydonga tushishga va o‘sishda davom etiga harakat qilaman», - deya Abraxamning so‘zlarini keltiradi ITV Football nashri.
Abraxamning «Chelsi»dan «Roma»ga o‘tishi 17 avgust kuni aniq bo‘ldi. Uning shartnomasi 2026 yil 30-iyungacha amal qiladi. 24 yoshli ingliz A Seriyada 7 o‘yinda, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.