Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov raisligida hududlarda futbolni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklarni tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videoanjuman shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududiy futbol assosiasiyalari vise-prezidentlari va bolalar-o‘smirlar futboli bo‘yicha mas’ul mutaxassislar ishtirok etishdi.

Kun tartibiga ko‘ra, dastlab viloyat terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatining tahlili bilan tanishildi. O‘FA rahbariyati tashkilotchilik ishlari, futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va turar joy masalasi, ovqatlanish, ekipirovka, jihozlar, shuningdek, futbolchilarni elektron ma’lumotlar bazasiga joylashtirish jarayonini tanqidiy tahlil qildi.

Kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha fikr almashildi. Tashkiliy masalalar, xususan, turar joy, stadionlar, hakamlik, sanitariya, xavfsizlik va yana bir qator yo‘nalishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va mas’ullar belgilab olindi.

Shuningdek, O‘FA birinchi vise-prezidenti murabbiylar bilan suhbatlashib, hududlarda terma jamoalar uchun mahoratli futbolchilarni yetishtirib berishda, eng avvalo, ularning o‘rni katta ekanligini, murabbiylar ham doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi va malakasini oshirib borishi kerakligini ta’kidladi.

Yosh tarbiyalanuvchilarning o‘sish dinamikasini monitoring qilish va bu orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib, mashg‘ulotlar jarayonini ilmiy yondashgan holda tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, kuz-qish mavsumida akademiyalar, yotoqxonalar, sinf va mashg‘ulot xonalarini isitishni tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Kiritildi: 20:37, 11.10.2021.
O'qildi: 1559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.