Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Kamavinganing holati «Real»ni xavotirga solmoqda

Kamavinganing holati «Real»ni xavotirga solmoqda

Baho:
+ | -

"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Fransiya yoshlar terma jamoasi bazasini tark etib, Madridga qaytdi.

U La liganing 8-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Espanyol»ga qarshi o‘yinda  olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lib ulgurmadi. Futbolchining chap oyog‘i panjasida kuchli qontalash yuzaga kelgan. Shu sababli u og‘riqni his qilmoqda.

Endi Kamavinga "Madrid" tibbiyot shtabi nazorati ostida bo‘ladi. Aslida ushbu jarohat u qadar jiddiy emas. Ammo chapaqay bo‘lgan futbolchining to‘p bilan muomalada bo‘ladigan oyog‘i bezovta qilayotgani uchun hozircha u maydonga tusha olmaydi.

"Real" uchun yaxshi tomoni shundaki, La liga "Qirollik klubi"ning "Atletik" bilan bo‘ladigan bahsini boshqa muddatga qoldirgan (Janubiy amerikalik legionerlar terma jamoalar safida kech qaytishadi). Jamoa navbatdagi bahsni 19 oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida «Shaxtyor»ga qarshi o‘tkazadi. Bu uchrashuv esa Anchelotti jamoasi uchun muhim hisoblanadi. Shundan so‘ng esa "Real"ni 24 oktyabr kuni "el-klasiko" kutib turibdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:07, 12.10.2021.
O'qildi: 6380 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик