Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Lisenziyalash jarayoni hal qiluvchi pallada: bu yil lisenziya oluvchi klublar soni ko‘proq bo‘ladi

Lisenziyalash jarayoni hal qiluvchi pallada: bu yil lisenziya oluvchi klublar soni ko‘proq bo‘ladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zPFL yil avvalida “Klublarni lisenziyalash reglamenti” ishlab chiqdi va uning ijrosini mavsum davomida nazorat qilib bordi. Bunda 5 asosiy tamoyil: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy, moliyaviy mezon bo‘yicha zarur hujjatlar to‘plami asosiy omil hisoblanadi.

Masalaga yondoshuv o‘z samarasini berdi va birinchi bor har bir klub maxsus platformaga hujjatlarni to‘liq joyladi. Ilgari xalqaro maydon uchun imkoni bor klublargina lisenziyalashga jiddiy e’tibor bergan, qolgan klublar talabni deyarli bajarmagan.

Shuningdek, tarixda ilk bor Pro liga klublari ham lisenziya olish uchun potensial nomzodga aylandi. Klub davlat yoki davlat ulushi bor korxona tomonidan moliyalashtirilyaptimi, demak u lisenziyalash shartlarida o‘tish uchun intilishi shart ekani belgilandi. Bu esa tabiiyki, lisenziyaga da’vogarlar sonining ko‘proq bo‘lishini ta’minlaydi.

Shu kungacha professional klublarimiz duch kelgan eng katta muammo auditorlik hisobotlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Aniqrog‘i, klublar o‘zlari bilgan tekshiruvchilar bilan hamkorlik qilishga intilgan, oqibatda OFK tomonidan belgilangan professional talab bajarilmagan. 2021 yilda esa O‘zPFL bu masalani tartibga keltirishga erishdi. Biz auditorlik xulosalari xalqaro standartlari asosida OFK platformasiga joylashtirilishni uddaladik. 

Bu qanday amalga oshdi? O‘zPFL bu yo‘nalishda OFK bilan bir necha bor muzokara olib bordi va yakunda barcha klublar uchun auditorlik hisoboti bo‘yicha yagona na’muna ishlab chiqildi. Shu tariqa Superliga va Pro liga klublari talab asosida tajribaga ega bo‘lgan auditorlik firmasi tomonidan xalqaro audit standartlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvidan o‘tkazildi. Shu tariqa OFK platformasiga moliyaviy hujjatlar to‘plami bir xilda — talab etilgan ko‘rinishda yuklandi. Aynan shu jihat OFK lisenziyasi uchun da’vogarlar sonini keskin oshirdi.

Ma’lumot uchun, 2016 yildan boshlab OFK lisenziyalash talablarini qat’iylashtirib, uni yangi bosqichga olib chiqa boshladi. Shu tariqa 2018 yil OFK lisenziyasiga sanksiyasiz ega chiqqan klublar soni 4 tani tashkil qildi, 2019 yilda esa bu ko‘rsatkich 6 taga yetdi. 2020 yilda biz mazkur raqamni 7 taga olib chiqqandik. Tez orada 2021 yilgi harakatlarimiz natijasi e’lon qilinadi. Ishonamizki, bu raqam endi 10 tadan kam bo‘lmaydi va ular orasida Pro liga klublari ham bo‘ladi.   

 

Zoxirjon Akramxonov,

O‘zPFL klublarni lisenziyalash va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:48, 12.10.2021.
O'qildi: 2157 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.