Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Futbolga oshiq yulduzlar yoki mashhurlar kimga muxlis?

Futbolga oshiq yulduzlar yoki mashhurlar kimga muxlis?

Baho:
+ | -

Futbol shubhasiz eng ko‘p muxlislarni jamlab turadigan sport turi. Dunyodagi millionlab insonlarni birgina klub yoki bitta futbolchi birlashtirib turishi mumkin. Yana ishonch bilan aytish mumkinki, bu faqat ayni shu sport turida - futbolda bo‘ladi. Muxlislik bir xil - qirolicha bo‘ladimi yoki mashxur shaxs - barchasi 90 daqiqalik o‘yinda jamoasi g‘alabasidan umid qilib, futboldan zavqlanib rohat oladi. Shu o‘rinda bir savol, siz-u-bizga tanish ba’zi bir odamlar qaysi jamoaga muxlislik qilishadi? Keling, hozir ayni shu savolga javob olishga harakat qilamiz.

Qirolicha Yelizaveta II - "Arsenal"

Ha, biz tanigan Buyuk Britaniya qirolligi boshqaruchisi Yelizaveta II "to‘pchilar" muxlisi. 2007- yilda Sesk Fabregas ispan radiosiga bergan intervyusida ayni shu haqida aytib o‘tgandi: "Menimcha qirolicha futbol tomosha qiladi. U menga meni tanishini va "Arsenal"ga muxlislik qilishini aytdi". Kutilmagan hodisa emas, aksincha futbol vatanida yashab futbolni kuzatmaslik kutilmagan bo‘lardi, garchi qirolicha bo‘lsa ham.

Samyuel Jekson - "Liverpul"

Amerikalik mashxur aktyor Samyuel Jekson Mersisayd klubini ashaddiy muxlislaridan biri. 2009-yili Samyuel intervyularidan birida bu haqida: "Men ko‘pincha "Liverpul" libosini o‘zim bilan olib yuraman, ko‘pchilik odamlar hayron bo‘ladi lekin bu bilan men klubimga mehrimni ko‘rsataman" degandi. Shuningdek, u bir necha filmlarda "Liverpul" libosida ko‘rinish bergan.

Mixail Gorbachyov - "Uigan"

Bu biz tanigan o‘sha Garbachyov va biz tanimagan "Uigan Atletik" klubi. Ushbu klub tarixida ilk marta 1970-71 yilda ligada g‘alaba qozongan. Balkim Garbachyov o‘sha paytlari bu klubga qiziqib qolgandir. Ma’lumotlar o‘rnida, bu klub hozir Angliyaning 3-divizioniga tushib ketgan.

Amir Xon - "Bolton"

Angliyalik yengil vazn toifasidagi bokschi Amir Xon "Bolton" klubi fan klubi rasmiy a’zosi hisoblanadi. Chempion ba’zan klub mashg‘ulotlarida qatnashadi. Shuningdek, u "Bolton" klubi bilan doimiy aloqada bo‘lib turishini aytib o‘tgan. "Bolton" klubi hozirda Angliyaning uchinchi divizionida harakat qilmoqda.

Britaniya shahzodasi Uilyam - "Aston Villa"

Qirollik oilasining yana bir a’zosi shahzoda Uilyam "Villa"ning muxlisi ekanligini yashirib o‘tirmaydi. Birmingem yaqinidagi kichik Aston shahri klubi futbolchilari muxlislari orasida davlat shahzodasini ko‘rishdan ko‘proq motivasiya topa olmasalar kerak.

Xullas, bu ro‘yxatni uzoqdan-uzoq davom ettirishimiz mumkin. Ha, futbol shunday hissiyotga boyki, mansab-u lavozimga qaramasdan barchasini unuttirib uriladigan bitta gol uchun olam-olam quvonch olib keladigan zavqli o‘yin.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:41, 12.10.2021.
O'qildi: 8990 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.