Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Angliya terma jamoasiga nima bo'ldi?

Angliya terma jamoasiga nima bo'ldi?

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining seshanba kungi Vengriyaga qarshi kechgan bahsidagi tarkibini ko‘rib, muxlislar "juda ham hujumkor tarkib ekan, zo‘r o‘yin ko‘ramiz" deyishi mumkin edi. Ushbu tarkib rejasiga ko‘ra, Deklan Rays markazda hujumkor futbolchilar Meyson Mount, Fil Foden hamda Jek Grilishni to‘p bilan ta’minlashi, hujumda esa Rahim Sterling hamda Harri Keyn harakat qilishi belgilangandi. Ushbu futbolchilar ichida uchta "Oltin to‘p" uchun nomzod bor. "Manchester Siti"ning ikkita futbolchisi narxi esa umumiy 150 millionni tashkil etardi. O‘zi umuman Garet Sautgeytning Angliyasi avvaldan pragmatik o‘yini va o‘ta aqlli harakatlari bilan tanilgan. Ayrim ingliz mutaxassislari bu jamoani Yevro-2020dagi dastlabki o‘yinlari uchun tanqid toshlarini otgan edi. Garchand jamoa sovrin yutishga qanchalik yaqin kelgan bo‘lsa ham futbolchilar tanlovi bir qadar g‘alatidek tuyulgan. Angliya turnirdagi nursiz guruh bosqichidan o‘tib olgach, Sautgeyt o‘z qurollarini ishga soldi va yorqin o‘yinlar ko‘rsatdi.

Bu narsa jamoani finalgacha olib chiqdi. Hal qiluvchi bahsda esa Italiya sovringa ega chiqdi. "UYEmbli"dagi omadsiz va qora kundan so‘ng, Sautgeyt 2022 yilgi Jahon chempionatiga favorit jamoa sifatida yetib borish uchun, turli yo‘llar qidirmoqda. Shu maqsadda bir nechta eksprimentlarga ham qo‘l urib ko‘rdi. Xususan, Andorraga qarshi kechgan bahsda Fodenni ortdan yarim himoyaga joylashtirdi. Bu raqib hujumini ertaroq qaytarish maqsadida qo‘llangan taktika edi. Bu ish bergandek edi, jamoa qiynalmay g‘alaba qozondi. Ammo undan keyin uyda durang o‘ynaldi. Bu esa o‘z hujumi bilan maqtanuvchi Angliyani muxlislar oldida hijolat tortishiga sabab bo‘ldi.

Garet Sautgeyt juda ham talabchan mutaxassis. U yil boshida jamoa shakllantirishni yoshlarni o‘rganishdan boshlagandi. Shuningdek, uning o‘jar fe’li ham borki, o‘z prinsiplari yo‘lidan qaytmaydi. Garet jamoani doimo yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qilib kelgan. Buning uchun taktik o‘zgarishlarga ham tez-tez qo‘l urib turadi. Ammo Vengriyaga qarshi qilgan taktikasi nisbatan xatoroq edi. Angliya tarkibidagi joriy futbolchilar o‘ta talantli, ayniqsa hujum zonasida. Buni hammamiz bilamiz. Shuning uchun ularda kelajakda katta marralarga erishish imkoniyati mavjud. Hatto, katta turnirlar chempioni bo‘lishi ham mumkin. Shunday bo‘lsa ham, barcha iqtidorlarni birdaniga maydonda o‘ynatmaslik lozim. Xususan, Jek Grilishni jamoaga uyg‘unlashtirish oson bo‘lmayapti. Sautgeyt ham unga ishonishi qiyin kechgan edi. Sobiq "Aston Villa" sardori Yevroda porlagandi. Asosan zahiradan maydonga tushirilgan Grilish jamoasiga katta foyda bera oldi. Shunday bo‘lsa ham uni asosiy tarkibga qo‘shish unchalik ham maqbul variant emas. Sautgeyt esa Vengriyaga qarshi uni tanladi. Yana qo‘lidagi barcha muhim futbolchilardan birdaniga foydalanishga harakat qildi. Bu esa yakunda qoniqarli natijani ta’minlamadi.

Albatta, bunda futbolchilarning aybi yo‘q. Shunchaki, jamoaga muvozanatni ushlashni o‘rgatish lozim. Buning uchun esa Sautgeytda 1 yildan ko‘proq vaqt bor. U Jahon chempionatigacha buni amalda bajarishi lozim. Shundagina haqiqiy g‘alabalar mashinasi yaratilishi mumkin. Yevrodagi kabi o‘yin ko‘rsatish hujumkor futbolchilar bilan bir qatorda, markazga ham birdek bog‘liqdir. Buni to‘g‘ri tanlash va muvozanatlash esa – murabbiyga.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:11, 14.10.2021.
O'qildi: 3256 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.