Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Pro liga. “Dinamo”ni mag‘lub etgan “Neftchi” kichik oltin medallar va Kubok bilan taqdirlandi

Pro liga. “Dinamo”ni mag‘lub etgan “Neftchi” kichik oltin medallar va Kubok bilan taqdirlandi

Baho:
+ | -

Pro liganing nafaqat turning, balki mavsumning markaziy uchrashuvi deya aytish mumkin bo‘lgan o‘yin bo‘lib o‘tdi.

“Neftchi” va “Dinamo”... har ikkalasi ham Superliga maslasini hal etib ulgurishgan. O‘zaro o‘yin esa liga g‘olibi kim bo‘ladi, degan savolga oydinlik kiritishi bilan muhim hisoblanardi. Maydon egalari g‘alaba qozongan taqdirda muddatidan oldin chempionlik masalasini hal etgan, ochko yo‘qotganda esa bu masala keyingi uch tur doirasida hal bo‘lishi ehtimoli bor edi. 

O‘yin shunga yarasha shiddatli, murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar ikki bor o‘yin qoidasini buzganligi uchun penalti belgilandi.  O‘n bir metrlik "lotereya"ni Sherzod Karimov bexato bajardi.   Samarqandliklarning yagona javob goli esa hech narsani hal etolmadi.

Shu tariqa, “Neftchi” uch yillik tanaffusdan keyin Pro liganing g‘olibi sifatida Superligaga yo‘llanma oldi va bu hursandchilikni tantanali ravishda nishonladi. Farg‘ona viloyati hokimi Hayrulla Bozorov O‘zPFL vakillari hamroxligida g‘olib jamoa a’zolarini kichik oltin medal bilan taqdirladi, Kubokni tantanali ravishda jamoa sardoriga topshirdi. Hokim tabrik so‘zida, shuningdek, “Dinamo”ning Superligaga chiqqanligi bilan muborakbod etdi. Taniqli xonanda va so‘z ustalarining chiqishlari bilan boshlangan o‘yin mushakbozlik bilan nihoyasiga yetdi.

 

Pro liga. 21-tur. “A” guruhi

14 oktyabr, payshanba

 

NEFTCHI – DINAMO – 2:1 (0:0)

Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni. 7102 tomoshabin.

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘rayev, Islom Nosirov, Abduhamid Abduraimov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Sherzod Karimov, 71-pen. (1:0), Ro‘zimboy Ahmedov,  73 (1:1), Sherzod Karimov, 90-pen. (2:1)

"Neftchi": Akbar To‘rayev, Akmal Shorahmedov, Abdulloh Olimov (Sherzod Karimov, 68), Shavkatjon Mullajonov, A’zamjon Aliyev, Saydullo Rahmatov, Darko Stanoyevich, Aleksandr Yesich (Sobit Sindarov, 50), Oybek Qilichev (Izzatillo Abdullayev, 68), Marko Obradovich (Doston Toshmatov, 68), Ulug‘bek Hoshimov (Sardor Abdunabiyev, 22).

"Dinamo": Arslonbek Ahrorov, Dmitro Sidorenko, Shohruhbek Abdurahmonov, Humoyun Sherbo‘tayev, Ro‘zimboy Ahmedov, Obid Jo‘raboyev, Jasur Hasanov, Temurbek Ismoilov, Shokir Yo‘ldoshev (Islom Sharipov, 62), Muhammadqodir Hamraliyev, Sardorbek Eminov (Oleg Marchuk, 62).

Ogohlantirishlar: Aleksandr Yesich, 18, Shavkatjon Mullajonov, 61, Ilhom Mo‘minjonov, 90+1 -  Humoyun Sherbo‘tayev (62).

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:09, 15.10.2021.
O'qildi: 2163 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик