Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Superliga. AGMK 5 ta gol urilgan o‘yinda «Mash’al»dan ustun keldi,«Nasaf»da kichik hisobdagi g‘alaba

Superliga. AGMK 5 ta gol urilgan o‘yinda «Mash’al»dan ustun keldi,«Nasaf»da kichik hisobdagi g‘alaba

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan dastlabki ikki o‘yin 15 oktyabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

AGMK va «Mash’al» o‘rtasidagi uchrashuvda mehmonlar birinchi bo‘lib hisobni ochdi. 8-daqiqada Samyuel Ononivu Chigozi raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Sanjar Tursunov penaltidan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi. 17-daqiqada Mirjamol Qosimov mezbonlarni oldinga olib chiquvchi gol muallifiga aylandi.

Ikkinchi bo‘limda Abbosjon Otaxonov AGMKning 3-golini urdi. 86-daqiqada  Sirojiddin Qo‘ziyev penaltini golga aylantirdi. Ammo bu gol «Mash’al»ga hisobni tenglashtirish uchun ham yetarli bo‘lmadi.

Uchrashuvdan so‘ng AGMK 40 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Mash’al» esa 18 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Qarshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Nasaf» Umar Eshmurodovning goli evaziga «Metallurg» ustidan g‘alaba qozondi. Qayd etib o‘tish joiz, «Metallurg» ikkinchi bo‘limni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi. 47-daqiqada Xudoyshukur Sattorov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida bosh hakam«Nasaf» darvozasi tomon penalti belgiladi. Ammo «Metallurg» futbolchisi Ibrohim Ibragimov o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi.

22-turdagi g‘alabadan so‘ng «Nasaf» 39 ochko jamg‘ardi va bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda 3-o‘rinni egallab turibdi. «Metallurg» 19 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.

Superliga, 22-tur
15 oktyabr, juma
AGMK — «Mash’al» 3:2
Gollar: 0:1 — 8 Chigozi, 1:1 — 12 Tursunov (penalti), 2:1 — 17 Qosimov, 3:1 — 51 Otaxonov, 3:2 — 86 Qo‘ziyev (penalti).
AGMK: 35. Valijon Rahimov, 2. Akromjon Komilov, 4. Mirjamol Qosimov (23. Yovan Jokich, 76), 7.Sardor Rahmonov, 10. Husniddin G‘ofurov (20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 90+4), 15. Abbosjon Otaxonov, 17. Sanjar Tursunov, 18. Aleksandr Kasyan (27. Martin Boake, 76), 22. Sanjar Shoahmedov (8. Bobur Yo‘ldoshev, 88), 28. Shohruh Gadoyev (11. Murodjon Toshmatov, 76), 77. Dilshod Ahmadaliyev.
«Mash’al»: 35. Doston To‘xtaboyev, 5. Najmiddin Normurodov, 7. Ifeani Ifeani, 9. Oybek Nurmatov (22. Sirojiddin Qo‘ziyev, 81), 10. Godvin Okvara Chika (99. Jahongirbek Abdusalomov, 81), 11. Samyuel Ononivu Chigozi, 13. Shahzod Shaymanov (97. Ruslan Xojiyev, 64), 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Jamoliddin Ubaydullayev, 18. Abbos Shodmonov (19. Qahramon Bahodirov, 57), 27. Muhammadali Yo‘ldoshev (77. Ibrohim No‘monov, 57).
Ogohlantirishlar: Aliqulov (11), Okvara Chika (26), Shodmonov (35), Qosimov (62), Nurmatov (73).

«Nasaf» — «Metallurg» 1:0
Gol: 1:0 — 12 Eshmurodov.
«Nasaf»: 1. Umidjon Ergashev, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Doniyor Narzullayev (20. Suxrob Nurulloyev, 69), 8. Dilshod Saitov (4. Husniddin Aliqulov,69), 18. Bahrom Abdurahimov ( 99. Andriya Kaluderovich 61), 19. Husayn Norchayev (50. Shohmalik Komilov, 81), 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich (70. Abubakr Rizo Turdaliyev, 81), 92. Umar Eshmurodov.
«Metallurg»: 1. Akmal Tursunboyev, 4. Odil Abdumajidov, 6. Xudoyshukur Sattorov, 8. Salamat Qutiboyev (9. Mahmudjon Qudratillayev, 57) , 22. Shahzod G‘ofurbekov, 28. Stanislav Andreev, 30. Ibrohim Ibragimov, 48. Dilshod Rahmatullayev (70. Muhammad Isaev, 57), 55. Akbar Ismatullaev (90. Abdurahmon Abdulhaqov 57), 80. Farrux Ibrohimov, 98. Damir Temirov (7. Ruslan Roziyev,71).
Ogohlantirishlar: Sattorov (43), Abdurahimov (51), Isayev (66).
Chetlatish: Sattorov (47).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:07, 15.10.2021.
O'qildi: 1338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.