Ikki o‘zbekistonlik hakamlar Tojikiston futzal ligasi finalini boshqarishga taklif etildi.
Tojikiston futbol federasiyasining taklifiga asosan, o‘zbekistonlik FIFA referilari — Anatoliy Rubakov va Nikita Afinogenov "Formula55 — Tojikiston professional futzal ligasi-2021" final seriyasining dastlabki ikkita o‘yinini boshqarib boradilar.
"Soro kompaniya" va "Sipar" o‘rtasidagi final seriyasining dastlabki ikkita uchrashuvi 16-17-oktyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.