Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

Klassik to‘qnashuv. Joze Mourinyo yigitlari Maks Allegri armiyasiga qarshi (prevyu)

Klassik to‘qnashuv. Joze Mourinyo yigitlari Maks Allegri armiyasiga qarshi (prevyu)

Baho:
+ | -

Musobaqa: Italiya chempionati
O‘tkazilish vaqti: 2021 yil, 17 oktyabr, yakshanba soat 20:45(23:45)
O‘tkazilish joyi: "Allianz Stadium" o‘yingohi, Turin, Italiya
Bosh hakam: Daniele Orsato
Jonli efir: Sport TV (MTRK)


"Yuventus" bugun o‘z maydoni "Allianz" stadionida "Roma"ni qabul qiladi. "Keksa sinyora" ushbu bahsga oldingi turda, Turin derbisida Ivan Yurichning "Torino"sini yengib yetib keldi. Bu bahsda Manuyel Lokatelli urgan yagona gol "oq-qora"larga ustunlik taqdim etgandi. "Roma" esa o‘tgan turda Avreliyo Andreazollining "Empoli"sini 2-0 hisobida dog‘da qoldirgan edi. Lorenso Pellegrini hamda Genrix Mxitarianlarning goli Joze Mourinyo jamoasiga uch ochko olib keladi.


"Yuventus" hozirda jadvalning 7 pog‘onasidan o‘rin egallab turibdi. Jamoaning mavsum starti unchalik ham omadli kechmadi. Klub Allegrini yana olib keldi va Ronalduni sotib yubordi. Bu esa Turin klubida qayta qurish jarayoni boshlanganini anglatadi.
"Roma" ham o‘ziga xarizmatik murabbiy Joze Mourinyoni yangi boshliq qilib tayinladi. Portugaliyalik mutaxassisning ishlari so‘nggi yillarda yaxshi kechmayapti. Ammo uning jamoasi Italiya A seriyasida hozircha 4 o‘rinda bormoqda.

O‘zaro o‘yinlarlar

So‘nggi 33 ta o‘zaro bahsni olib qaraydigan bo‘lsak, bu juftlikda "Yuventus"ning qo‘li yaqqol baland kelganini ko‘rishimiz mumkin. Ular bu davrda 19 ta g‘alaba qayd etib, 8 ta mag‘lubiyat va 6 marta durang o‘ynagan. Har ikki klub shu yilning fevral oyida so‘nggi bor to‘qnash kelgandi. O‘shanda "Roma" 2-0 hisobida mag‘lub etilgan. Ronalduning goli va rimliklar tarkibidagi himoyachi Ibanyesning avtogoli turinliklar g‘alabasini ta’min etgan.

Yo‘qotishlar

"Yuventus" bu o‘yinda fransuz yarim himoyachisi Adrian Rabyo xizmatlaridan foydalana olmasligi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, maydonga tushishi so‘roq ostida bo‘lganlar orasida amerikalik UYEston Makkenni, argentinalik hujumchi Paulo Dibala hamda ispaniyalik strayker Alvaro Moratalar mavjud. Qolgan tarkib futbolchilarida aytarli muammolar mavjud emas. Shunday bo‘lsa ham Allegri ideal tarkibni maydonga tushirishga umid qilmoqda. Ushbu jamoada:
Jarohatlanganlar: Adrian Rabyo
So‘roq ostidagilar: UYEston Makkenni, Alvaro Morata, Paulo Dibala
Chetlashtirilganlar: Yo‘q

Bu bilan bir paytda "Roma" ustozi Joze Mourinyo himoyachilar Spinassola hamda Kris Smolling xizmatidan foydalanish imkonidan mahrum bo‘lgan. Shuningdek, tarkibda hujumchilar Temmi Abraxam va Nikol Zanyolo, yarim himoyachi Lorenzo Pellegrinilar ushbu o‘yin uchun tanlanmasligi mumkin. Shunday qilib, romaliklar tarkibida:
Jarohat olganlar: Kris Smolling, Leonardo Spinassola
So‘roq ostidagilar: Nikolo Zanyolo, Temmi Abraham
Chetlatilganlar: Yo‘q

 

 

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:27, 17.10.2021.
O'qildi: 3280 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.