Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Bundesliga. Levandovski hamda Gnabrining dubli «Bavariya»ga «Bayer» ustidan yirik g‘alabani taqdim etdi

Bundesliga. Levandovski hamda Gnabrining dubli «Bavariya»ga «Bayer» ustidan yirik g‘alabani taqdim etdi

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 8-tur uchrashuvida «Bavariya» safarda «Bayer»ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

Myunxenliklarga g‘alabani Robert Levandovski va Serj Gnabrining dubli, shuningdek, Tomas Myullerning gollari olib keldi. Mezbonlar tarkibida esa Patrik Shik o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, «Bavariya» Bundesliga turnir jadvalida 19 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Bayer» esa 16 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi.

"Bayer" Leverkuzen – "Bavariya" Myunxen - 1:5 (0:5)
Gollar: Levandovski, 3 - 0:1, Levandovski, 30 - 0:2, Myuller, 34 - 0:3, Gnabri, 35 - 0:4, Gnabri, 37 - 0:5,  Shik, 55  - 1:5

"Bayer": Gradeski, Frimpong (Belarabi, 64), Ta, Kossunu, Bakker, Demirbay, Amiri, Virts (Resos, 79), Shik (Alario, 79), Diabi (Adli, 64), Paulinyo (Tapsoba, 46).

"Bavariya": Noyer, Zyule (Richards, 72), Ernandes, Upamekano, Devis (Stanishich, 40), Goretska (Zabitser, 46), Kimmix, Myuller (Koman, 64), Levandovski (Musiala, 64), Gnabri, Sane.

Kiritildi: 20:34, 17.10.2021.
O'qildi: 2344 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.