Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 00:45 Inter 1-0 Venetsiya
04/11 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Betis
04/11 19:00 Al-Vasl 1-1 As-Sadd
04/11 21:00 Al-Ahli (SA) 5-1 Ash-Shorta
04/11 21:00 Persepolis 1-1 Al-G‘arafa
04/11 22:30 Empoli 1-0 Komo
04/11 22:30 Parma 0-1 Jenoa
04/11 23:00 Al-Hilol 3-0 Istiqlol
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost - Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale - Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe - Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor - Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Stiv Bryus "Tottenxem"ga o‘z maydonida uchragan mag‘lubiyatidan keyin nimalar dedi? (intervyu)

Stiv Bryus "Tottenxem"ga o‘z maydonida uchragan mag‘lubiyatidan keyin nimalar dedi? (intervyu)

Baho:
+ | -

Yakshanba oqshomida "Nyukasl" o‘z maydonida Londonning "Tottenxem" jamoasini qabul qildi. Ushbu bahs mezbonlarning yangi egalar qo‘liga o‘tgach, dastlabkisi bo‘ldi. O‘yin oldidan stadion saudiyaliklarni olqishlagan va alqagan muxlislar bilan bayram atmosferasida edi. Umuman olganda, uchrashuv starti Bryus jamoasi uchun yaxshi boshlandi. Mezbonlar ikkinchi daqiqadayoq Kallum Uilsonning harakati evaziga oldinga o‘tib olishdi. Shunga qaramay, "qarg‘alar"ning ustunligi uzoqqa cho‘zilmadi. Londonliklar safida Tanguy Ndombele, Harri Keyn va Son Hyon-Minlarning goli tanaffusdan ilgariroq "Nyukasl"ning yengilganini anglatardi.

O‘yin shu zaylda davom etdi va uchrashuv so‘ngida Erik Dayerning avtogoli hisob qisqarishiga sabab bo‘ldi. Bu gol bahs so‘ngida "Nyukasl"ga umid bergandek edi. Maydonga Jonjo Shelvi tushirildi va yaxshi imkoniyatni ko‘kka sovurdi. Bu esa nyukaslliklarni bir ochkodan mahrum qildi. Ushbu o‘yin so‘ngigacha stadion kuzatuvchilari Stiv Bryusning iste’fosini talab qilib, ye’tiroz bildirib turishdi. "Nyukasl" ustozi esa bu hayqiriqlarni eshitish va qabul qilish oson bo‘lmaganini tan oldi. U o‘yindan keyingi matbuot anjumanida shunday fikrlar bildirdi:
"Bu oson bo‘lmadi. Men muxlislardan qanday hislar o‘tayotganini va ularning umidsizlikka tushganini yaxshi tushunaman. Bu holatni uzoq davom etganini ham. Shu bilan birga tan olish kerak, mavsum boshidan beri biz o‘zimizga kerakli bo‘lgan ochkolarni to‘play olmayapmiz. Shu sabab, istalgan murabbiyda g‘alabalar bo‘lmasa, ular yetarlicha bo‘lmasa, natija uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishga majbur bo‘ladi".

Stiv Bryusga "Seint-Jeyms Park"dagi kelajagi haqida savol berilganda, quyidagicha javob beradi: "Siz buni mendan emas, boshqalardan so‘rashingiz kerak. Men esa yaxshiroq imkoniyatlarga ega bo‘lganimda, balki hozirgiday ahvolga tushmagan bo‘lardik. Men bu bilan o‘zimni oqlamoqchi emasman, bunga haqqim ham yo‘q. Zero, bizning hozirgi o‘rnimiz jadvalning pastida va bu - reallik".
Uchrashuvning birinchi bo‘limida muxlislar ichida tibbiy yordamga muhtoj odam paydo bo‘ldi. Bu o‘yinning biroz to‘xtalishiga olib keldi. Yaxshiyamki, bemorning ahvoli tezda barqarorlashdi. Uni hozirda shifoxonada davolanayotgani aytilgan. Ushbu holatda "shporlar" futbolchisi Serxio Regilon hamda Erik Dayerlar jonbozlik ko‘rsatishdi. Ular voqea haqida o‘yin hakami va tibbiy shtabni tezda xabardor qilishdi. Bu holat haqida Stiv Bryus ham o‘z intervyusida to‘xtalib o‘tdi va bunda qatnashgan hammaning insoniy fazilatlarini yuqori baholadi: "Bunda hamma : futbolchilar, tibbiyot hodimlari, doktorlar yaxshi ishlashdi. Bunday hodisalar futbolni kelajagini yanada ravshanlashtiradi. Baxtimizga maydon chetida har ehtimolga qarshi defibrilyator bor ekan. Shu orqali doktorlar inson hayotini saqlab qolishdi. Biz bu voqeadan ta’sirlandik. Men muxlislardan birining hayoti qutqarilganidan baxtiyorman. U bilan hammasi joyida bo‘ladi deb umid qilaman. Uning oilasiga esa omad tilayman va umid qilamanki, bemor tezda sog‘ayib ketadi".

Ha, o‘yin mana shunday dramatik voqealarga boy kechdi. Ammo yakunda hammasi mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. Dunyodagi eng boy klub esa yana bir bor mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rishga majbur qilindi. Stiv Bryusning vaziyati ham yanada og‘irlashdi. Endilikda unga qattiq bosimlar bo‘ladi. Ammo yangi rahbatiyat ham hammasini bilib turibdi. Vaziyatdan anglashiladiki, barchasi faqat murabbiy omiliga bog‘liq emas. Klub tarkibini o‘zgartirish, kuchaytirish kerak. Bu jamoa o‘zgarishga muhtoj bo‘lib turibdi. Yangi rahbariyatning maqsadi ham aslida shu.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 10:48, 18.10.2021.
O'qildi: 2061 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.