Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Shahram G‘iyosovni havaskor boksga nima chorladi? Qachon chempionlik kamari uchun jang qilmoqchi?

Shahram G‘iyosovni havaskor boksga nima chorladi? Qachon chempionlik kamari uchun jang qilmoqchi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Toshkent viloyati Yangiobod sport bazasida yig‘in olib borayotgan bokschilarimiz orasida Shahram G‘iyosovning ham borligi ko‘pchilikning diqqat-markazini tortgani, shubhasiz. Professional boksda ishtirok etayotgan Shahramning havaskor boksga qaytishi, oldinda turgan rejalar haqidagi intervyuni e’tiboringizga havola qilamiz:

— Sizni havaskor boksga nima qaytarmoqda?
— Havaskor boksga o‘zimga tashlagan «chaqiruv»im qaytardi. Professional boksga o‘tganimdan keyin ko‘pchilik meni har tomonlama professional bo‘lib ketdi, deb aytmoqda. Maqsadim ham professional, ham havaskor boksda yuqori natija ko‘rsatish. Men shuncha vaqt bekorga mehnat qilmaganim, shuncha narsadan voz kechganimni ko‘rsatishim kerak. Oldimga bir narsani maqsad qilib qo‘ydimmi, unga erishishni istayman. O‘sha narsa jonajon vatanimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarish va oltin medalni olish. Shuning uchun o‘zimga o‘zim «chaqiruv» tashladim.

— Bu yig‘indan keyin qachon professional boksga qaytasiz?
— Nasib, jahon chempionati finaliga chiqib, g‘alaba qozongach 3-4 kun ichida AQSHga jo‘nab ketaman.

— Hozir sparringda ko‘proq Iglesias bilan ishlayapsiz. So‘nggi to‘qnashuvingizga ko‘p bo‘ldi. Aniqki, ikkalangiz ham bor zarbalaringizni ko‘rsatmayapsiz. Shunday bo‘lsa ham, unda qanday o‘zgarishlarni his qilyapsiz?
— 4 yil bo‘libdi u bilan jang qilmaganimga. Shuncha vaqtdan beri u havaskor boksda yanada ko‘p tajriba to‘pladi, Olimpiada chempioni bo‘ldi. Men esa professional boksda 11 ta jang o‘tkazdim. U juda munosib raqib. Shu paytgacha 3 marta to‘qnash kelganmiz. To‘g‘ri, bir-birimizning «sirlarimizni» oshkor qilmayapmiz. Barchasi ringda aniq bo‘ladi.

— Sparring payti bir-biringizning ko‘zlaringizga qarasangiz, ichingizdan nima o‘tadi?
— Kulgi (kuladi). U ham jiddiy qarab qolsak, kulib yuboradi. Bilasizmi, bir-birimizni kitobdek o‘qib bo‘lganmiz. Agar qaysidir bosqichda to‘qnash kelib qolsak, kim jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi bo‘lsa, u g‘alaba qozonadi.

— Professional boksda Ahmadaliyev chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritib bo‘ldi, Madrimov majburiy da’vogar darajasiga yetmoqda. Sizning navbatingiz qachon keladi?
— Xudo xohlasa, kelasi yilga niyat qilyapmiz. Nasib qilsa, 2022 yil chempionlik kamarini O‘zbekistonga olib kelaman.

— Maqsadlaringiz yo‘lida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
— Rahmat.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:40, 18.10.2021.
O'qildi: 3439 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.