Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/10 15:00 Ulsan Xyonde 0-2 Vissel Kobe
23/10 15:00 Sanfrechche Xirosima 2-1 Sidney
23/10 17:00 Shanghai Shenhua 2-0 Kavasaki Frontale
23/10 17:00 Muangtong Yunayted 2-2 Sebu
23/10 17:00 Selangor 2-1 Chonbuk Motors
23/10 19:00 Ravshan 1-3 Traktor
23/10 21:00 Al-Hussayn 2-1 Nasaf
23/10 21:00 Shabab al-Ahli 4-1 Kuvayt SK
23/10 21:45 Atalanta 0-0 Seltik
23/10 21:45 Brest 1-1 Bayer
23/10 23:00 Al-Quva al-Javiya 1-2 Xolidiya
23/10 23:00 At-Ta'vun 2-1 Oltin Asr
23/10 23:59 Atletiko 1-3 Lill
23/10 23:59 Yang Boyz 0-1 Inter
23/10 23:59 Barselona 4-1 Bavariya
23/10 23:59 Manchester Siti 5-0 Sparta
23/10 23:59 RB Leypsig 0-1 Liverpul
23/10 23:59 Zalsburg 0-2 Dinamo Zagreb
23/10 23:59 Benfika 1-3 Feyenoord
25/10 21:30 Udineze - Kalyari
25/10 23:45 Torino - Komo
26/10 00:00 Espanyol - Sevilya
26/10 00:00 Lester - Nottingem Forest

«Atletiko»ning 2014 yilgi chempion tarkibi. Ular hozir qayerda?

«Atletiko»ning 2014 yilgi chempion tarkibi. Ular hozir qayerda?

Baho:
+ | -

2021 yil 22 may - «Atletiko Madrid» tarixidagi muhim sana. Aynan shu kuni «matraschilar» Ispaniya La Ligasining 11-chempionligini qo‘lga kiritishdi. Bu oxirgi marta 2013/14 yilgi mavsumda sodir bo‘lgan. O‘sha paytdan boshlab jamoa keskin o‘zgarib ketdi, lekin hali ham klubda 7 yillik chempionlikni eslaydiganlar bor.

«Stadion.uz» nashri sizni «Atletiko»ning 2014 yilgi chempion bo‘lgan tarkibini eslashga va o‘sha futbolchilar hozir qayerda ekanligini haqida ma’lumot bermoqchi.

Faoliyatini yakunlagan (4):

David Vilya. «Atletiko» afsonaviy David Vilya faoliyatidagi oxirgi klubi edi. Uning futbolchilik faoliyatining oxirgi davrlari hozir Luis Suares bilan bo‘layotgan voqealarga juda o‘xshaydi. Vilya «Barselona»dan «Atletiko»ga ko‘chib o‘tdi va birinchi mavsumda Ispaniya chempioni bo‘ldi, shu bilan birga jamoaning eng yaxshi to‘purarlaridan ham biriga aylandi (15 ta gol).



Daniel Aransubiya. Katta futboldagi oxirgi mavsumi unga karyeradagi yagona unvonini berdi. Aransubiya 2013/14 yillarda «Atletiko»ga ko‘chib o‘tdi, La Ligada faqat bitta o‘yinda maydonga tushdi, lekin butsalarini mixga ilishdan avval oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Gabi. Madriddagi o‘sha tarkibning yetakchisi edi. Afsonaviy «matraschi» jamoa sardori, hamda «Atletiko» tarbiyalanuvchisi hisoblangan. U 2018 yilda klubni tark etib, «Al-Sadd»ga o‘tdi. Va ikki yildan so‘ng futboldagi karyerasiga yakun yasashga qaror qilganini ma’lum qildi.

Tyago Mendesh. Ushbu futbolchi faoliyatining oxirigacha, 2011 yildan 2017 yilgacha «Atletiko»da o‘ynagan.

Klubsizlar (2):

«Atletiko»ning 2013/14 yilgi mavsumdagi eng yaxshi to‘purari Diyego Kosta hozirda klubsiz hisoblanadi. Yetti yil oldin, ispaniyalik hujumchi La Ligada 27 ta gol urgandi (barcha musobaqalarda 36 ta gol). Ammo, hozirda Kostani jamoasiga qo‘shib oladigan birorta klub topilmayapti.



Xuanfran - «Atletiko»ning chempion bo‘lgan yildagi yana bir asosiy futbolchisi. Braziliyalik «matraschilar» safida 2019 yilgacha o‘ynadi, shundan so‘ng «San-Paulu»ga o‘tdi. Shu yilning 1 martidan beri Xuanfran o‘ziga yangi klub qidirish bilan band.

Boshqa klublarga o‘tib ketganlar (18):

«Atletiko»ning 2013/14 yilgi chempionatidan o‘rin olgan futbolchilarning ko‘pchiligi hozirgi kunda boshqa klublarda o‘ynaydi. Hammasi bo‘lib, 17 ta charm to‘p ustasi bor.

Tibo Kurtua jamoaning o‘sha mavsumdagi asosiy o‘yinchisi edi: 37 ta o‘yin, ulardan 20tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. 2014 yilda Kurtua ijara shartnomasi tugagandan so‘ng, «Chelsi»ga qaytdi va hozirda «matraschilar»ning asosiy raqibi - «Real Madrid» sharafini himoya qilmoqda.



Oliver Torres («Sevilya»), Mario Suares («Rayo Valyekano»), Raul Garsiya («Atletik») va Adrian Lopes («Osasuna») ham Ispaniya chempionatida qolishdi.

Klubning bir nechta markaziy himoyachilar Diyego Godin - Tobi Alderveyreld haligacha o‘ynamoqda: braziliyalik hozir A Seriyaning «Kalyari» klubida o‘ynaydi, belgiyalik esa ko‘p yillar davomida «Tottenxem»da to‘p surgan. Tobi hozirgi kunda Qatarning «Al-Duxail» klubida o‘ynamoqda. Saul o‘sha 18 yoshda edi, lekin o‘sha mavsumni ijara asosida «Rayo Valyekano»da o‘tkazdi va medal olmadi.  Hozirgi kunda futbolchi Londonning «Chelsi» klubi a’zosi.

Shuningdek, Felipe Luis va Diyego jamoadoshlar. Ikkalasi ham Braziliyaning «Flamengo» klubi sharafini himoya qiladi. Jao Miranda esa xuddi shu chempionatda, lekin «San -Paulu»da  o‘ynadi.

Xose Sosu va Arda Turan Turkiya chempionatiga qo‘shilishdi: birinchisi «Fenerbaxche»da, ikkinchisi esa Istanbulning boshqa klubi - «Galatasaroy»da o‘ynaydi. Zaxira hujumchisi Leo Baptistao qarilik gashtini surish uchun Xitoy chempionatida daromad qilmoqda.

Boshqalar Joshua Gilavogi (Volfsburg), Xavi Mankilyo (Nyukasl), Emiliano Insua («Aldosivi», Argentina), Kristian Rodriges («Plaza Koloniya» Urugvay).

«Atletiko»da faoliyatini davom ettirayotganlar (3):

O‘sha tarkibdan faqat to‘rtta vakili hanuzgacha «matraschilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu jamoaning muhim kishisi, bu jamoa murabbiyi - Diyego Simeone.



Argentinalik mutaxassis 2012 yilda «Atletiko»ga kelgan. Ikki yil o‘tgach, u La Ligada g‘olib bo‘ldi va o‘tgan mavsum yana shu ishni takrorladi. Simeone birdaniga ikki yetakchi klub «Real» va «Barselona» gegemonligini buzishga muvaffaq bo‘ldi. «Atletiko» murabbiyligida Simeone 527 ta o‘yin o‘tkazgan, shundan 317tasida uning jamoasi g‘alaba qozongan.

Xose Mariya Ximenes «Atletiko»ga 2013 yilda qo‘shilgan. Chempionat mavsumida 18 yoshli urugvaylik markaziy himoyachi ligada faqat bitta o‘yin o‘tkazdi, lekin oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ammo, 21 yoshli Koke butun mavsumni ajoyib o‘tkazdi. 36 o‘yin, 6 gol va 14 golli uzatma. Uni allaqachon zamonaviy «Atletiko»ning ramzi deb atash mumkin. Koke butun faoliyatini Madrid klubida o‘tkazdi.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:46, 19.10.2021.
O'qildi: 4684 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.