Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Gvardiola: "Kompani «Bryugge» haqida menga ko‘proq ma’lumot berdi" (matbuot anjumani)

Gvardiola: "Kompani «Bryugge» haqida menga ko‘proq ma’lumot berdi" (matbuot anjumani)

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan «Bryugge»ga qarshi g‘alabadan (5:1) keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz juda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Bu Yevropa Chempionlar Ligasida ko‘rsatgan eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi. «Bryugge»ning imkoniyatlarini past baholamoqchi emasman. Ularni juda yaxshi bilaman. Vinsen Kompani bilan suhbatlashdim va u menga bir qancha ma’lumotlarni taqdim etdi. U «Bryugge»ni menga nisbatan yaxshiroq biladi.

U oxirgi 30 daqiqalikda xushyor bo‘lishimiz kerakligini aytib o‘tdi. Ularning tezkor markaziy himoyachisi bor, ayniqsa chap tomonda harakat qiluvchi. Ko‘plab jihatlarda haqiqatan ham a’lo darajada o‘yin ko‘rsatdik, shuning uchun ham ular o‘z imkoniyatlarini namoyish eta olishmadi. Ularning salohiyatini juda ham soz darajada bilaman. Xalqaro tanaffus vaqtida «Bryugge»ning o‘yinlarini kuzatdim PSJga qarshi qanday o‘ynashganini ham bilaman. Manchesterga safar qilishlariga bir necha hafta qoldi, xolos va ishonchim komilki, ular vaziyatni o‘nglash uchun harakat qilishadi.

O‘yin bugungi kabi bir xil bo‘lmaydi, bunga aminman. Ularning o‘z g‘ururi bor, o‘yinni qayta ko‘rib chiqishadi va qayerda yaxshiroq qilish mumkinligi haqida xulosalar chiqarishadi. Barcha ochkolarni olishimiz uchun imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz".

Juda ham ko‘p pozitivlar kela boshlagan kechada Fil Foden yana o‘zining eng yaxshi texnik sifatlarini va maydonnni ko‘ra olish qobiliyatini namoyish etdi. Bundan xursand bo‘lgan Gvardiola futbol intellekti va ishtiyoqi birlashganidan faxrlanadigan o‘yin bo‘lganini aytib o‘tdi.

"Yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, bosim qilishimiz ham joyida bo‘ldi. To‘pni tezda o‘zimizga qaytarib oldik va to‘p bilan ko‘p muomalada bo‘ldik. Fil ko‘plab uzatmalarni amalga oshirdi. Raqibni ko‘proq yugurtirdik. Yanada ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lgan edik. Bugungi ko‘rsatgan o‘yinimizdan barchamiz xursandmiz", — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Gvardiola o‘yinda gol kiritgan Koul Palmer haqida ham gapirdi.

"Uning tayyorgarlik maydonida o‘tkazayotgan vaqtlariga qarang. Koul doim u yerda va mashg‘ulot o‘tkazadi. Bir qancha futbolchilar shunchakki borishadi va dangasalik qilgan holda o‘ynashni istashmaydi.

U mutlaqo buning aksi. U bordi va yana uchta gol urdi. Bu dunyoda odamlar barcha narsa tezda sodir bo‘lishini istashadi. Hammasi uchun vaqt kerak. Agar oshxonada ko‘proq vaqt o‘tkazmasangiz, yaxshi taom pishira olmaysiz", — dedi Gvardiola.


Manba: mancity.com
Kiritildi: 07:38, 20.10.2021.
O'qildi: 1889 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.