Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Baxtsiz yulduzlar yoxud jamoasini o‘zgartira olmay qolganlar kimlar?

Baxtsiz yulduzlar yoxud jamoasini o‘zgartira olmay qolganlar kimlar?

Baho:
+ | -

Yozda yangi jamoaga transferi amalga oshmaganidan yoki ularga shu mavsumda o‘yin vaqti berilmagani uchun, qisqa qilib aytganda, o‘z jamoalaridan norozi bo‘lgan bir necha yulduzlar bu mavsumda yetarlicha topiladi. Bu yulduzlar kelasi yili va hatto, shu qishdayoq yangi jamoaga intilishlari tabiiy.

Ulardan ba’zilari omadini boshqa joyda sinab ko‘rish niyati borligi haqida ochiqchasiga gapirishdi. Boshqalari esa mavsumning birinchi bosqichida o‘z klublari o‘yini paytida o‘zlarini bezovta his qilishlarini namoyish etishdi.

Biz hozirda ayni damdagi jamoasi tarkibida baxtsiz bo‘lgan beshta yulduz haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.


Harri Keyn 

“Tottenxem“dan yozda uni qo‘yib yuborishlarini so‘raganiga qaramay, klub Harri uchun “Manchester Siti“ va “Manchester Yunayted“ kabi yaxshi taklif yuborgan jamoalar bilan muzokaralar olib borishni istamadi. Shu tariqa, Keyn sevimli jamoasi uchun yana bir mavsum davomida o‘z orzulariga qarshi chiqadi. Sababi “Shporlar“ning va APLning hozirgi holatidan kelib chiqib, “Tottenxem“ning chempion bo‘lishi ancha mushkul ekanini ayta olamiz. Ammo Yevrokuboklarda, xususan, Konferensiyalar Ligasida Harri jamoasi bilan birgalikda g‘oliblikka asosiy da’vogar deya qaralmoqda.

2020-yilgi Yevropa chempionatida qatnashganidan so‘ng, mashg‘ulotlarga qaytgan Keyn 2021/22 yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi. Chunki u Premyer Liganing 7ta o‘yinida atigi 1ta gol urdi. Bu biz bilgan Keynga xos natijalar emas. Ko‘rinib turibdiki, futbolchining atrofida ro‘y berayotgan transfer mashmashalari unga salbiy ta’sir qilmoqda. Biz esa bu statistikalarni vaqtinchalik holat deya hisoblab turamiz.


Rahim Sterling

Yozda Jek Grilish "Manchester Siti"ga kelganidan so‘ng, bosh murabbiy Pep Gvardiola Sterlingning asosiy tarkibdan ko‘ra ko‘proq zaxiradan tushishini foydaliroq deb hisoblamoqda. Ingliz futbolchisi ham yaqinda jamoani tark etib, omadini chet elda sinab ko‘rishga tayyorligini ta’kidladi.
“Agar boshqa jamoaga (ko‘proq o‘yin amaliyoti uchun) o‘tish imkoniyati bo‘lsa, men bunday taklifni o‘ylab ko‘rgan bo‘lardim“, – dedi Sterling AQSHning FT Business of Sport sammitida.

“Aytganimdek, futbol – men uchun eng muhimi. Men yoshligimdan beri chet elda o‘ynashni orzu qilaman. Ingliz o‘yinchisi sifatida futbolda men biladigan yagona narsa – Premyer Liga edi. Ammo bir kun o‘z yurtimdan tashqarida ham o‘ynashim mumkinligini va bu qiyinchilikka qanday bardosh bera olishimni sinab ko‘rishim kerakligini ham bilardim“.

Sterlingning bu gaplaridan keyin, ko‘pchilik jurnalistlar uning “Barselona“ga o‘tishi haqida xabarlar bera boshlashdi. “Ko‘k-anorranglilar“ hozirda moliyaviy tomondan ham qiyin ahvolda. Shuni hisobga oladigan bo‘lsak, Rahim Kataloniya superklubida faqat ijara asosida to‘p surishi mumkin.

Kilian Mbappe

“PSJ“ yulduzi yaqinda jamoasidan “Real“ga o‘tishiga ruxsat berishini so‘raganini tan oldi. Bu orqali Kilian parijliklarga transferi orqali moliyaviy yordam bermoqchi ekanini ta’kidladi. Aks holda, u yozda erkin agent sifatida “qirollik klubi“ga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.

Mbappening “PSJ“ bilan shartnomasi 2022 yilgacha tuzilgan va fransiyalik futbolchi uch oydan kam vaqt ichida, ya’ni 1 yanvarga qadar klubidagilar bilan o‘z kelajagi haqida muzokara o‘tkazishi mumkin.‌‌

Hozircha shayxlar Mbappedan voz kechish niyatida emas va uni olib qolish uchun har qanday ish qilishga tayyor. Biroq “ayyor“ Florentino Peres ham “og‘zidagi oshi“ni osonlikcha oldirib qo‘ymaydi.
Xullas, ushbu serial hali uzoq davom etadiganga o‘xshamoqda.


Donni van de Bek

Joriy mavsumda uchta musobaqada atigi 141 daqiqa o‘ynagan Donni Van de Bekga o‘tgan yozda “qizil iblislar“ safiga qo‘shilganidan buyon Ole-Gunnar Sulsher tomonidan ko‘p imkoniyat berilmayapti. Vaholanki, Donniga “Barselona“, “Inter“ va boshqa bir qator kuchli klublardan takliflar kelib tushmoqda. Agar vaziyat shu tarzda davom etaversa, biz Van de Bekni boshqa jamoada ko‘rishimiz deyarli aniq.

Qo‘shimchasiga shuni aytish mumkinki, niderlandiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi doirasida “Vilyarreal“ga qarshi o‘yinda maydonga tushmagandi. O‘sha bahsda kamera orqali u saqichini maydon tomonga otib yuborgani ko‘rinib qoldi. Bu harakati bilan u Sulsherdan noroziligini bildirgan.


Jorjinyo Veynaldum

Niderlandiyalik yana bir yarim himoyachi Veynaldum “Enfild“dagi muxlislar uchun hurmatga loyiq futbolchi edi va “Liverpul“dagi kuchli raqobatda yo‘qolib qolmagandi. U maydonda Klopp uchun muhim figura edi. Ammo shunga qaramay, niderland o‘tgan yili yozda “Pari Sen-Jermen“ safiga qo‘shilishga qaror qildi.
Biroq, hamma narsa u xohlagandek bo‘lmadi. Chunki “PSJ“ shu paytgacha o‘tkazilgan chempionatning 10 o‘yinida Veynaldum atigi 2ta to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
“Men to‘liq baxtliman deb ayta olmayman, chunki vaziyat men xohlagandek emas, lekin bu futbol“, - dedi Jorjinyo NOS nashriga.

“Men jangchiman, men o‘z darajamni ushlab turishim va yaxshilashim uchun ko‘p harakat qilishim kerak, men bu orqali kurashishni o‘rganishim kerak. So‘nggi yillarda men juda ko‘p o‘yinlar o‘tkazdim, men har doim bunga tayyor bo‘lganman. Ammo Parijda vaziyat nimagadir boshqacha“.


Ko‘rib turganingizdek, bu yulduzlar jamoasi uchun har qanday foydali ish qilishga tayyor. Futbolchilar o‘zlari xohlagan joyda to‘p surishi kerak. Ularga imkon berilishi kerak. Ular bunga har tomonlama munosib. Shu kabi baxtsiz mashhurlar futbolda qidirilsa juda ko‘p. Ammo muhimi, ular mana shunday og‘ir paytlarda o‘zlari uchun to‘g‘ri xulosa chiqarmog‘i darkor. Ana shunda, ular yuksalishda davom etishlari mumkin.

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:05, 20.10.2021.
O'qildi: 4955 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.