Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

«Chelsi» o‘zi uchun yanada mustahkam himoya qo‘rg‘oni barpo etmoqchi. Buning uchun nima qilish kerak?

«Chelsi» o‘zi uchun yanada mustahkam himoya qo‘rg‘oni barpo etmoqchi. Buning uchun nima qilish kerak?

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarga ega. Uning shonli tarixi va futbolchilarining mahorati futbol ixlosmandlarining e’tiboriga sabab bo‘lgan. «Aristokratlar» yil avvalida, yanvar oyida o‘z afsonasi Frenk Lempardni ishdan olib, o‘rniga sobiq «PSJ» ustozi Tomas Tuxelni olib kelgandi. Shundan buyon jamoa o‘yin uslubida rivojlanish, futbolchilarida esa o‘sish kuzatildi. To‘g‘ri, klub rahbariyati murabbiy yoki muxlislar istagan o‘yinchini olib kelish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkindir. Ammo jamoa boshida ulardan to‘g‘ri va unumli foydalana oladigan mutaxassis ham bo‘lishi talab etiladi. Abramovich esa shunday insonni ko‘p ehtimol topa oldi. Shu sabab, hozirda uning klubi Yevropaning amaldagi chempioni bo‘lib turibdi. Bugunga kelib, klubdagi eng katta muammo himoya chizig‘i ekanini aytish o‘rinli. To‘g‘ri, boshqa APL klublari, xususan, «Arsenal»nikidan ko‘ra ularning himoyasi tartibliroq va mustahkamroq bo‘lishi mumkindir. Lekin bu Yevropa va Angliyada zafarli odimlarni davom ettirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Shu sabab, «Chelsi» mavsum so‘ngida bitimi tugovchi to‘rtta himoyachisi bilan xayrlashib, ularning o‘rniga yangi mudofaa vakillarini xarid qilmoqchi.

«Ko‘klar» o‘tgan yozda ham bir nechta himoya futbolchilarini sotib olmoqchi edi. Hozirgi himoyachilari Adreas Kristensen hamda Antonio Ryudiger bilan esa yangi shartnoma imzolash ilinjida bo‘lib turibdi. Shuningdek, jamoa «Sevilya»ning fransuz himoyachisi Jyul Kunde bilan yozda kelishuvga kelishni rejalashtirgandi. Andalusiyaliklar Kunde uchun 60 million funt talab qilishgan. Kamiga, u uchun «MYU» ham talabgorga aylandi. Shunga qaramay, londonliklar o‘z niyatidan qaytgani yo‘q va keyingi yozda baribir Kundeni xarid qilishni istashadi. Himoyadagi rejalar faqat shu bilangina cheklanib qolmaydi. Ular «Yuventus»ning niderlandiyalik futbolchisi Matteys de Ligt bilan ham bitim tuzishga chog‘langan. So‘nggi paytlarda tarqalayotgan xabarlarda aytilishicha, «Chelsi» hozirdanoq de Ligt transferi borasida uning agenti Mino Rayola bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Jamoaning bunday xavotirli harakatlariga asos bor. Negaki, tarkibning ikki asosiy futbolchisi Azpilikueta hamda Tiago Silva mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Qolaversa, Ryudiger va Kristensenlarning klubdagi taqdiri ham noaniqligicha qolmoqda. Ushbu futbolchilar «Tottenxem» hamda «Bavariya»ning qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Kamiga «aristokratlar» ushbu himoyachilar bilan yangi shartnoma tuzishda muvaffaqiyatli harakat qila olmayapti. Daniya va Ispaniya termasi a’zosi Aspilikueta uchun yana bir katta «xavf» aniqlangan bo‘lib, uning nomi «Barselona»dir. Kataloniyaliklar ham himoyasi uchun ushbu futbolchilarni foydali deb hisoblashadi. Shunday bo‘lsa ham «Chelsi» Kristensen borasida optimistik qarashga ega. Chunki himoyachi klubdagi faoliyatidan ko‘ngli to‘layotgani va yangi bitim uchun rozi bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Kristensen jamoada qoladimi yoki ketadimi, buning farqi yo‘q! «Chelsi» baribir yozda kamida ikkita mudofaaga ixtisoslashgan futbolchi sotib olishi zarur bo‘ladi. Ulardan biri, uzoq muddatlik kuzatishlardan keyin aniqlangan «Atletiko» vakili Xose Ximenesdir. London klubi urguaylik futbolchiga anchadan beri e’tibor berib kelayotgandi. «Aristokratlar», shuningdek, «Borussiya Dortmund» yarim himoyachisi Jud Bellingem hamda «Inter» futbolchisi Marselo Brozovich bilan bog‘langani haqida xabarlar mavjud. Mana shunaqa gaplar. Tarkibini yanada kuchaytirar ekan, har qanday jamoa uzoqroqqa borish va sovrin yutishni ko‘zlaydi. Kelajakda nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi. Biz esa siz bilan voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:16, 20.10.2021.
O'qildi: 3184 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.