Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ronaldu «MYU»da pressingda ishlay olmaydimi? U sheriklariga soya solishda davom etyapti

Ronaldu «MYU»da pressingda ishlay olmaydimi? U sheriklariga soya solishda davom etyapti

Baho:
+ | -

Ayni dam Krishtianu Ronaldu «MYU»da haiqiy muammoga o‘xshamoqda: u raqiblariga juda kichik bosim o‘tkazadi, to‘psiz o‘yinni buzadi. Ammo Sulsher Krishni himoya qilishni davom ettirmoqda. Bu yerda qanday mantiq mavjud?

Eng qiyin 1,5 oy oldinda. Bu vaqtda nima o‘zgaradi?

«Manchester Yunayted»ning APLdagi statistikasi tobora yomonlashib bormoqda. Premyer-ligada uchta g‘alabasiz o‘yin: «Aston Villa»dan mag‘lubiyat, «Everton»dan durang va yana bir mag‘lubiyat - «Lester»dan qabul qilib olindi: 2-4. Asosiy muammoni Gari Nevill aniqladi va quyidagilarni aytib o‘tdi:

«Manchester Yunayted» yulduzlari har bir uchrashuv uchun to‘g‘ri munosabatni shakllantirishlari kerak. Bernardo Silva, Kevin de Bryuyne va Sadio Mane kabi. «MYU»da har bir bahsni shedevrga aylantiradigan jahon darajasidagi futbolchilar ko‘p. Men buni «Manchester Yunayted»ning iqtidorlaridan kutmayapman, – deydi mutaxassis Sky Sports nashriga.

Krishtianu Premyer-ligada eng kam bosimga ega futbolchi. U pressingda ishlashni yodidan chiqarib yuborganga o‘xshaydi. Shu sababli jamoa yaxlit zanjirda harakat qilolmayapti. «The Athletic»ning mashhur jurnalistlaridan biri bu g‘oyani ilgari surmoqda. Men allaqachon Sulsher jamoasining asosiy muammosini Krishtianu Ronaldu ekanligini ta’kidlab o‘tganman.

Mayklning asosiy fikrlari:

• Krishtianu Ronaldu har bir bahsda 90 daqiqa harakat qilgan. U (270 daqiqa o‘ynaganlar orasida) bosim ko‘rsatkichi bo‘yicha Premyer-liganing eng yomon hujumchisi hisoblanadi: portugaliyalik o‘rtacha 2,7 marta bosim qilarkan.

Taqqoslash uchun, undan oldinroqdagi futbolchi - «Nyukasl» a’zosi Allen Sent-Maksimin 90 daqiqa davomida 5,2 marta bosim harakatiga ega. Vardi 10, Salah 12,7, Vilfrid Zaxa esa 20 bor raqiblariga pressing uyushtirgan. Ko‘rib turganingizdek, farq juda kattalashib ketgan.

• Ronaldu 36 yoshda. U shunchaki katta hajmda bosim o‘tkazish qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun jamoa qayta tiklanishi lozim. Va aynan shu yerda asosiy muammo yotipti.

• «Manchester Yunayted», «Real Madrid» va «Yuventus»da butun tuzilma Krishtianu uchun ishlagandi. Krish bilan o‘ynagan markaziy hujumchilar Ronaldu ketganidan keyin tezda ochilib ketgan (Benzema va Runi) - ular keyinchalik soyada qolib ketishmadi.

Xususan, Grinvud mavsumni yaxshi tempda boshladi - u hozir sekin-asta ochilib bormoqda, lekin u o‘ng qanotda harakat qiladi. Chapda esa Sancho o‘ynaydi. Ularning barchasi bosim va ko‘proq ishlash jihatidan shartli ravishda sobiq «MYU» a’zosi Park Ji Sundan uzoqda. Biroq Ronaldu bu futbolchilarning o‘sishiga to‘sqinlik qilayotgani rost.

Brununing tarkibdagi o‘rni ham bu yerda savol tug‘dirmaydi. Biroq shuni ta’kidlash kerakki, Pogba Ronaldu kelgach, maydonda ancha yayrab o‘ynamoqda. Uning statistikasi barchaga yaxshi tanish. Pol shunchaki yaxshi himoyalana olmaydi xolos: pozision jihatdan ham, harakatlar hajmi bo‘yicha ham.

Reshford, Marsyal va Kavani, shuningdek, Donni Van De Bek kabi futbolchilarning zaxirada o‘tirishi Sulsherning xayollarini borgan sari chalkashtirib yuborishi hech gap emas.

• Manchesterda individual mahorat egalari juda ko‘plab topiladi, lekin jamoada muvozanat va izchillik yo‘q. Bu borada Sulsher o‘zini «Galaktikos» davridagi «Real» bosh murabbiyi kabi his qilishi mumkin. U futbolchilar uchun murosali shaxs, lekin uning muayyan bahslarda aniq qarorlarni qabul qilish qiyin. Zero, ba’zi futbolchilar obro‘si tufayli ham asosiy tarkibdan joy olmoqda.

Ronaldu so‘nggi bahslarda Vardidan farqli o‘laroq ancha kuchsiz ko‘rinmoqda. «Lester» bilan bahsda Krishtianuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi - 34 yoshli Jeymi Vardi bilan solishtirildi.

«Lester»ga qarshi o‘yin so‘nggi paytlarda «Manchester Yunayted» uchun omadsiz va tartibsiz qarama-qarshilikka aylandi: o‘yinda yaxlit nazorat yo‘q, har ikki qanotda ham raqibga katta imkoniyatlar yaratib qo‘yilgan. Krishtianu kelganidan keyin jamoa muvozanatni yo‘qotdi.

U orqali qanday qilib vaziyatlarni yaratish oson anglanadigan bo‘lib qolgan. Ammo shu narsa ham aniqki, Krish bilan jamoa yuqori bosim o‘tkaza olmaydi va raqib darvozasi oldida ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lolmaydi.

«Manchester Yunayted» va «Lester» o‘rtasidagi farq aynan pressingda ko‘zga tashlandi. Rodjers jamoasi pressing bo‘yicha rekord o‘rnatdi va ularning raqiblari bu komponentda dahshatli yomon ko‘rsatkichga ega edi. Vardi bosim o‘tkazishni boshladi, «Yunayted»da esa bunday o‘yinchi yo‘q edi - Ronaldu birinchi to‘lqin sifatida himoyachilar tomonidan «yutib yuborildi».

Manchesterda imkoniyat yaratish vositasi sifatida ham, hududni qaytarib olish mexanizmi sifatida ham bosim birinchi planda bo‘lmagan. Uchrashuvning ko‘p qismida «Yunayted» raqibini o‘z jarima maydoni ichidan siqib chiqara olmadi - bu eng achinarli holat. Chunki agar bu amalga oshganida, Ronaldu mutaxassislar tomonidan baribir e’tirof etilardi.

Lekin ular bosimga aldanib qolishdi. Bu Ronaldu va Vardi o‘rtasidagi farqdan kelib chiqqan xulosa. O‘shanda Jeymi Krishtianuning 8 ta pressingiga 28 ta muhim harakatlar bilan javob qaytardi - o‘rtadagi farq juda katta.

Ole-Gunnar zudlik bilan biror narsani o‘zgartirishi kerak - mavsumning eng qiyin qismi hali oldinda. Sulsherning o‘zi muammoni ko‘rib turibdi va jamoadagi muvozanatni qidirmoqda, u buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytgan ham: «Xalqaro tanaffusda, biz oxirgi o‘yinlarda nima xato qilganimizni tushunishga ulgurdik. Ammo endi biz butun ro‘yxatni ko‘rib chiqishimiz kerak va ehtimol, nimanidir qurbon qilishimizga to‘g‘ri keladi».

Shu bilan birga Sulsher Ronalduni himoya qiladi: «Bizda maydondagi 11 ta kuchli o‘yinchi bor, har kimning vazifasi turlicha. Krishtianu - mutlaqo top-futbolchi. U qo‘lidan kelganicha jamoaga yordam beradi".

Ole uchun muammo shundaki, jamoa og‘ir va tig‘iz taqvimga ega. Keyingi bir yarim oy ichida «Manchester Yunayted» quyidagi raqiblar bilan bahs olib boradi: «Liverpul», «Tottenxem», «Atalanta», «Manchester Siti», «Uotford», »Vilyarreal», «Chelsi» va «Arsenal».

Va keyin «Boxing Day»lar boshlanadi. Bu kunlar ichida esa ba’zi bir taktik yangiliklarni ishlab chiqish qiyin.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 02:48, 21.10.2021.
O'qildi: 9668 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.