Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Yevropa Ligasi. "Lasio" - "Marsel" o‘yinidan keyingi fikrlar

Yevropa Ligasi. "Lasio" - "Marsel" o‘yinidan keyingi fikrlar

Baho:
+ | -

Yevropa Ligasi guruh bosqich 3-tur doirasida "Lasio" o‘z maydonida Fransiyaning "Marsel" klubini qabul qildi.

Uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Mazkur bahs yakunlanganidan keyin ikkala jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilar o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

"Lasio" bosh murabbiyi Maurisio Sarri: "Yaxshi jamoaga qarshi yomon bo‘lmagan o‘yin ko‘rsatdik. Hissiyotlar haqida gapirsam, birinchi daqiqalarda bizga yorqinlik yetishmadi. Oxirgi 30 daqiqalaikda esa biroz omad. Istalgan vaziyatda gol urishimiz mumkindek tuyuldi. Natijadan achchiqlanmoqdamiz. "Latsio" qat’iyatlik namoyish etdi, g‘alabaga to‘liq ishongandik va oxirgi daqiqalarda o‘yin suratini oshirdik. O‘yin jihatidan oldinga qadam tashlaganimiz ko‘rindi. Natijadan afsusdamiz, ammo yana tiklanib olish uchun oldimizda uchta o‘yin bor".

"Lasio" yarim himoyachisi Daniyel Akpa-Akpro: "Qiyin o‘yin bo‘ldi. O‘yinni biroz qo‘rqib boshladik va raqib jamoa ishonchga ega bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, g‘alabaga haqli harakat qildik. Gol ura olmaganimiz achinarli. Shunday davom etishimiz kerak. "Inter"ga qarshi yaxshi o‘ynadik, bugun ham g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatdik. "Verona" bilan ham shu yo’sinda davom etishni istaymiz".

"Lasio" hujumchisi Mattia Zakkanyi: "Ajoyib jamoaga to‘qnash keldik va yuqorida aytib o‘tilganidek intensivlik darajasi talab qilingan yaxshi o‘yin guvohiga aylandik. Tez-tez zarbalar berishni uddaladik, ammo gol ura olmaganimiz achinarli holat. Birinchi bo‘limda to‘g‘ri masofalarni topishda biroz qiyinchilikka uchradik".

"Lasio" darvozaboni Tomas Strakosha: "Ushbu durang bizni kishanga solingandek his qilishimizga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda g‘alaba qozonishga haqli edik. Pau Lopes darvozada yaxshi turdi, ularning himoyasi ham taslim bo‘lgani yo’q va gol urishga qiynaldik. Stakanga yarim to‘liq holda qarashimiz kerak. Vaqt bizning tomonda. Asta-sekin natijalar o‘zi keladi".

"Marsel" bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli: "Yaxshi jamoaga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ldi deb o‘ylayman. Bu kelajak uchun bizga umid bag‘ishlaydi. Bugun shaxsan men uchun dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biriga qarshi o‘ynadik. Duy, Uilliam va qanotlarda Luan hamda Rangiyerni qaysi biri o‘ynashga munosibroqligini ko‘rish muhim. Rangiyerning chiqib ketishi uning charchaganligi bilan bo‘gliq. Chap tomonni yopib qo‘yishni istagandik".

"Marsel" posboni Pau Lopes: "Uch ochko uchun bu yerga kelgandik. Bu yerda bo‘lganimdan beri, eng yaxshi birinchi bo‘limni ko‘rsatdik. O‘yin yakunida charchab qoldik va yakunda bu yaxshi natija. Bu o‘yin Yevropa Ligasidagi oldingi ikkita durangdan farq qiladi. Moskvadagi birinchi o‘yinda natijadan qoniqmagandik. Yo’q, o‘zimni yengilmas his qilmaganman. Hech qaysi o‘yinchi o‘zini bunday tutmasligi kerak. Bu yerga yana qaytish va "Latsio"ga qarshi o‘ynash yoqimli bo‘ldi. Bu biroz derbidek o‘tdi".

Ma’lumot uchun, Pau Lopes 2019-yildan beri "Roma" futbolchisi hisoblanadi va hozirda ijara asosida "Marsel" safida faoliyatini davom ettirmoqda.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 08:21, 22.10.2021.
O'qildi: 1478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.