Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saloh APLda eng yaxshisi bo‘lishi mumkin, lekin dunyoda emas...

Saloh APLda eng yaxshisi bo‘lishi mumkin, lekin dunyoda emas...

Baho:
+ | -

«Arsenal» afsonasi Terri Anrining so‘zlariga ko‘ra, «Liverpul»ning misrlik hujumchisi «Oltin to‘p» uchun asosiy nomzod emas.  

«Hozircha Muhammad eng zo‘ri emas. Ammo, Saloh ajoyib gollar uradi. Siz, albatta, Levandovski haqida unuta olasizmi? Benzemachi? Qanday qilib ularning terma jamoa uchun o‘yinlarni e’tiborsiz qoldirish mumkin? Hozirda Salohning Misr terma jamoasi bilan muammolari bor.

To‘g‘ri, u Premer-ligada eng yaxshisi bo‘lshishi mumkin. Lekin, men hozirgi formada Meni Benzemadan ustun qo‘ymas edim. Karim pas beradi va o‘zi gol uradi, u Fransiyada Yevro-2020da va Millatlar Ligasida o‘ynagan »,- dedi Terri Anri CBS Sport telekanalida.

«Liverpul»ning 29 yoshli hujumchisi joriy mavsumda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:18, 22.10.2021.
O'qildi: 4513 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик