Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) 2-1 Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

Yevropada hujumga urg‘u beruvchi jamoalar haqida bilasizmi?

Yevropada hujumga urg‘u beruvchi jamoalar haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

Seshanba kuni Chempionlar ligasi 8 o‘yinida naq 35 ta gol urildi. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 4,38 tadan to‘g‘ri keladi, albatta juda yorqin ko‘rsatkichlar. APLda mavsumining o‘rtacha ko‘rsatkichi 2,65, Bundesligada 3,09. RPLda 2,55, bu ham ajoyib ko‘rsatkich. Futboldagi hujumkorlik tendensiyalari turli ligalar va turnirlarda turlicha qo‘llab-quvvatlanadi.

Quyida nazariy jihatdan emas, balki salohiyat borasidan ham hujumda muvaffaqiyat qozongan sermahsul jamoalarni ajratib olamiz. Bu ligalar darajasini solishtirishga yordam beradi.

«Zenit»

Albatta Rossiya chempionini bu yerda kutilmagan tarzda turibdi deyishingiz mumkin. Lekin bunga shoshilmaslik kerak. Sankt-peterburgliklar har bir o‘yinda o‘rtacha 2,11 ko‘rsatkichni qayd etib kelishmoqda. Jamoa RPLda allaqachon 22 ta va Chempionlar ligasida 4 ta gol urishgan. Ko‘rsatkichlar deyarli barcha top-5 klublardan sezilarli darajada yaxshi. To‘g‘ri, APLda autsayderlar kuchli va ular grand jamoalarga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishlari mumkin. Ammo «Zenit» RPLdagi «Bavariya»ning analogi emas. «Sochi», «Arsenal» yoki «Spartak» kabi klublar bugungi kunga kelib, o‘z darajalarini tobora yaxshilab borishmoqda. «Zenit»da Azmun va Dzyuba hozir bir-birining o‘rnini bosadigan hujum tandemiga aylangan. Bunga Malkom va Klaudinyo texnikasi qo‘shilib ular Yeroxin va Azmunga gol urishda keng ko‘lamda yordam berishmoqda. Shuningdek, asosiy dispetcherlardan biri - bu Santos. U chap qanotda yorqin o‘yinlari bilan barchaning birdek esida.

«Inter»

Yo‘qotilgan Lukaku va Konte sabab hozirda klub xo‘jayinlari jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelishgan. Ammo futbolchilarning fidoyiligi va Indzagining donishmand qarorlari barcha kamchiliklarni imkon qadar yopib kelmoqda. Jeko va Korrea mavsum avvalida «neradzurrilar» bilan shartnoma imzoladi - ikkalasi ham gol urishda hozircha muammolarga duch kelgani yo‘q.

Edin ayni dam 35 yoshda. Lautaro Martines hech qayerga ketmadi, Perishich shu yerda, Barella esa Kristian Eriksenning bosh vazifasini o‘z zimmasiga olgan. U assistentlik borasida barchaga o‘rnak bo‘lmoqda. «Inter» hujumida hozircha muammolar sezilmayapti. Yuqorida nomi keltirilgan tandemlar o‘z ishini adashmay bajarishmoqda. Biroq milanliklar har doim ham barqaror o‘yin namoyish etishmaydi. Buning uchun «Lasio»ga qarshi o‘yinni eslash mumkin. Ammo «Inter» hujumi tufayli balansni ushlaydigan va tez-tez, ko‘p miqdorda gol uradigan ideal jamoa.

«Borussiya D»

Albatta «asalarilar» ushbu ro‘yxatga kirish uchun har tomonlama loyiq jamoa. Nega deysizmi? Bu juda oddiy - Erling Xolanddek «terminator»i bor klub gollar borasida sira ham qiynalmasligi aniq. Erling joriy mavsum Bundesligada 12 ta gol urishga ulgurdi. Ammo Dortmund har doim ham uning iste’dodini to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlamagan. «Lion» yoki «Nissa» o‘z ligasidagi imkoniyatlari sifati bo‘yicha Bundesligada Dortmundning «Borussiya» jamoasidan oldinda.

Ammo Xolandning Reyna, Roys, Bellingem va Gerreyro kabi jamoadoshlarining borligi sabab gollar shousida uzilish bo‘lgani yo‘q. Xususan, norvegiyalik jarohat olgan paytlarda bu yaqqol ko‘zga tashlandi. Biroq shuni ta’kidlash kerakki, ular har doim ham barqaror emas. Xoland kabi futbolchisi bor jamoa bu safar ham Bundesliga chempionligi yo‘lida «Bavariya»ga jiddiy qarshilik ko‘rsatishi tayin.

«Napoli»

«Spartak»ga qarshi kechgan og‘ir o‘yinda ham Spaletti jamoasi ikkita gol urishning uddasidan chiqdi va 4 ta aniq golli vaziyat yaratdi. Joriy A Seriya peshqadami hamda Yevropada mag‘lub bo‘lmayotgan yagona jamoaning ushbu ro‘yxatdan joy olmasligi albatta adolatsizlik bo‘lar edi. Bu seriya hozir 8 taga yetgan. Qolaversa, gollar soniga qarasangiz ham yuqori sermahsullikni kuzatish mumkin. «Lester» ga qarshi kechgan uchrashuvdan tashqari, barcha o‘yinlarda a’lo darajada o‘ynaydigan klub shakllanganligini barcha birdek ta’kidlamoqda. Tarkibda Osimhenning qadr-qimmati o‘sib bormoqda. Hujumda hammaga yordam berishi mumkin bo‘lgan himoyachi Kulibali, yarimhimoyachi Ruis, Insinye yoki Losano haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

«Real»

Madridliklar so‘nggi oylarda juda tajovvuzkor tempda o‘yinlar o‘tkazmoqda. Bu albatta, futbolchilarning klassi hamda Benzemaning sa’y-harakatlari tufayli. Yilning eng yaxshi futbolchilaridan biri Chempionlar ligasi va La Ligada 11 ta gol urdi va yana 8 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi. Fransuzning chiroyli o‘yinlari qolgan jamoadoshlariga ham yuqmoqda.

Xususan, Vinisius o‘zining yaxshi sifatlarini namoyish etyapti. Yaqinda u «Shaxtyor»ni mag‘lub etishga katta yordam berdi. Balki Anchelottiga kartinani yanada rang-barangroq qilish uchun eski rejimdagi Beyl Azar yetishmayotgandir. Lekin mavsum hali uzoq. Hujumda o‘zini ko‘rsatadiganlar hali katta sahnaga chiqqani yo‘q. Ushbu chiziqda Alaba va Kroosning ham xavfli yurishlarini unutmaslik kerak.

«Manchester Siti»

Ushbu jamoani birinchi o‘rinda ko‘rishimiz ham mumkin edi. Ammo diqqat bilan qarasangiz, «Manchester Siti»ga hali ham yakuniy nuqta qo‘yuvchi strayker yetishmayapti. Xoland yoki Keyn variantlari matbuotda bir necha bor yangradi. Biroq ushbu fikrlar taxmindan boshqa narsa emas. Biz hozir faqat ruxsat bergan futbolchilar xususidagina gapirmoqdamiz. «Shaharliklar» APLning dastlabki 3 turida ochko yo‘qotishdi, biroq jamoa Chempionlar ligasi va Liga kubogida gollar urishdan to‘xtab qolmayapti. Gvardiolada baribir rotasiya ishlari samarali ishlamoqda. Bir qarasangiz Bernarduning chiroyli harakatlariga guvoh bo‘lasiz, bir qarasangiz Torres, keyinchalik De Bryuyne maydonni yondirib beradi. Gvardiola haq: «Messi yoki Ronalduning jamoamizga keragi yo‘q. Asosiy maqsadga hujumchilarsiz ham erishish mumkin».

«PSJ»

«Manchester Siti» kabi ajoyib salohiyatga ega bo‘lgan boshqa bir jamoa yaqin yillar ichida hujumkorligi bilan alohida ahamiyatga ega. Ammo parijliklarda vaziyat u qadar yaxshi emas. Futbolchilar yaratilgan vaziyatlar hamda ulardan foydalanish borasida anchagina qiyinchiliklarga uchrayapti. Ikki oradagi mutanosiblik yo‘qolgan. Kelgusida Messi, Neymar va Mbappe triosi samarali shakllangandagina fransuzning xalqaro maydondagi ishlari ancha yengillashgan bo‘lardi.

Shuningdek, Di Mariyaning ham hujumga qo‘shayotgan kattagina hissasini alohida e’tirof etish mumkin. Shu bilan birga Pochettino ayni dam Ikardini jamoadan yo‘qotish mumkin - uning rafiqasi Mauroni xiyonatda aybladi, ammo hozircha jamoa markaziy hujumchisiz o‘ynamoqda. Lekin buning effekti hali beri o‘zini ko‘rsatadiganga o‘xshamaydi.

Kiritildi: 00:51, 23.10.2021.
O'qildi: 1959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.