Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Bundesliga. "Borussiya Dortmund" safarda ishonchli g‘alabaga erishdi

Bundesliga. "Borussiya Dortmund" safarda ishonchli g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi Germaniya chempionati 9-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Arminiya"ni mag‘lub etdi. Uchrashuv Bilefeld shahrida bo‘lib o‘tdi va mehmonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Asalarilar" safida Emre Jan, Mats Hummels va Jud Bellingem kiritgan gollarga mezbonlar safida Fabian Klos penaltidan kiritgan to‘p bilan javob qaytardi.

Ushbu o‘yindan so‘ng dortmundliklar o‘z hisobidagi ochkolarni 21taga yetkazib turnir jadvalining 2-o‘rniga joylashdi. "Arminiya" esa 5 ochko bilan 17-o‘rinda.

Germaniya Chempionati.

Bundesliga

9-tur

"Arminiya" — "Borussiya D" — 1:3 (0:2,0:1)

Gollar: Emre Jan, 31 — penaltidan (0:1). Xummels, 45 (0:2). Bellingem, 72 (0:3). Klos, 87 — penaltidan (1:3).

"Arminiya": Ortega, Brunner (Ramush, 46), Laursen (Chiborra, 74), Nilsson, Piper, Shepf, Fernandesh (Vimmer, 64), Pritl, Kunse, Zerra (Klos, 46), Xak (Kryuger, 74).

"Borussiya D": Kobel (Xits, 46), Xummels (Meloni, 89), Akandji, Pongrachich, Roys, Emre Jan (Vitsel, 76), Brandt (Reyniyer, 76), Bellingem, Azar, Volf, Malen (Tigges, 66).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:58, 23.10.2021.
O'qildi: 2410 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик