Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"MYU" "Liverpul"ga qarshi bahsda "kombek"ka suyana olmaydi

"MYU" "Liverpul"ga qarshi bahsda "kombek"ka suyana olmaydi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" klubi yakshanba kuni APL doirasida "Liverpul"ni o‘z maydonida qabul qiladi. Bunda har ikki jamoa uchun ham g‘alaba juda zarurdir. "Liverpul" kuchli to‘rtlikda qolish uchun kurashsa, "MYU" esa unga kirish uchun harakat qiladi. Uchrashuvning klassik bahsligi esa uning qadrini yanada oshiradi. Hozir esa to‘qnashuvdan ilgariroq, "MYU"ning murakkab holati haqida gap boradi.

Ole-Gunar Sulsher boshqarayotgan "MYU" mavsumning bundan buyog‘iga kombekka asoslangan g‘alabalarga ishona olmaydi. Bu, avvalo barqaror o‘yin uslubi emas. Qolaversa, "Liverpul" kabi top jamoalar maydonda va hisobda yetakchilikni qo‘lga olsa, u holda uni tortib olish juda qiyin kechadi. 2021-22 yilgi mavsumda esa, "MYU" o‘z pozisiyasini nisbatan boy berib qo‘yishga qarab og‘gan. Ular ochiqchasiga kombekka qurilgan o‘yin ko‘rsatishdi. Xususan, bu jamoa ishtirokida "Sautgempton", "Vest Xem", "Vilyarreal" hamda "Atalanta"ga qarshi aynan shunday ssenariydagi bahsga guvoh bo‘lgandik. Hisobda ortda qolish va kombek qilish, eng birinchi navbatda futbolchilarga ortiqcha ruhiy va jismoniy bosim yuklaydi. "MYU" o‘tgan mavsumni muvaffaqiyasiz yakunlagani ham aynan mana shu omillar ta’siriga ham bog‘liq bo‘lgan.

Umuman olganda, hisobda ortda qola turib, kombek qilish, xursand bo‘lishga arziydi. Sulsher bu borada "jamoa DNKsi" iborasini qo‘llaganda haq edi. U bu narsani 1999 yildagi mavsumga ko‘ra, yaxshi biladi. So‘nggi 30 yildagi kombekli g‘alabalarda "Bavariya" yetakchilik qiladi. "MYU"da esa bu voqea tasodifan bo‘layotgandek, go‘yo. Pol Pogba "Lester"ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoadagi muhit o‘zgarishini aytgandi. Ular "Atalanta"ga qarshi iroda ko‘rsatishdi. Ammo ikkinchi bo‘limda. Birinchisida esa jamoa ishtirokida juda yomon o‘yin bo‘ldi. Yaxshi o‘yinlar aslida startdan boshlanish kerak, ikkinchi taymdan emas. "Qizil iblislar" ertangi raqibga qarshi uchrashuvni "Atalanta" bilan o‘yin so‘ngidagi notada boshlashi talab etiladi. Sulsher "MYU DNKsi" haqida gapirdi, bu narsa esa nafaqat kombeklarni, balki dastlabki daqiqalardan kuchli o‘yinni ham o‘z ichiga oladi. Agar bu jamoa "Liverpul"ga qarshi mana shunday o‘yin namoyish eta olsa, u holda uch ochko uchun haqli bo‘lishadi. Chunki klubda buni eplay oladigan futbolchilar yetarlicha topiladi.

Bordiyu, Sulsher jamoasi yana "Lester"ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinida davom etsa, nafaqat mag‘lub bo‘lishi mumkin, balki ruhiy zarba ham qabul qiladi. Biz buni tarixdagi ko‘plab misollarda ko‘rganmiz. Shunday bo‘lsada, kombeklar bu so‘nggi yillardagi kabi tayaniladigan narsa emas. Bu holatning "MYU" futbolchilari uchun yana bir xavotiri bor. Bu ularning ongida ortda qolsagina, harakat qilish hissi joylashib qolishidir. Shunga qaramay, jamoa futbolchilari borasida hech qanday muammo yo‘q. Ularning hammasi yuqori darajada sifatli futbol ko‘rsatkishga qodirlar. Biroq, Sulsher qo‘l-ostida ular 90 daqiqaning yarimidagina shunday futbol namoyish etib kelmoqda. Bu esa "Liverpul" bilan o‘yinda yetarli bo‘lmasligi mumkin.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:50, 23.10.2021.
O'qildi: 5152 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик