Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Viktor Jalilov: “Natijadan qoniqmadim, g‘alaba qozonishni xohlagandim”

Viktor Jalilov: “Natijadan qoniqmadim, g‘alaba qozonishni xohlagandim”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Mash’al” va “Navbahor” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin “lochinlar” bosh murabbiyi Viktor Jalilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

— “Mash’al” jangovar, yaxshi shakllangan jamoa, ta’bir joiz bo‘lsa, “chaqilmas yong‘oq”. Bugungi durang adolatli bo‘ldi. Mezbonlar imkoniyatlarga ega bo‘lishdi, darvozabonimiz qutqardi. Biz uyushtirgan hujumlar paytida esa “Mash’al” posboni ishonchli harakat qildi. Umuman olganda, maydonda yaxshi kurash kechdi, — deydi Viktor Jalilov.

— Azimjon Ahmedov nega almashtirildi?
— U og‘ir o‘tgan kasallikdan so‘ng endi-endi avvalgi formasiga qaytmoqda, to‘liq ikki bo‘lim to‘p tepishga kuchi yetmasligi tushunarli. Shu bois, uni almashtirishga majbur bo‘ldik.

— Bugungi o‘yinda sizni qoniqtirmagan jihatlar bo‘ldimi?
— Albatta, natijadan qoniqmadim, g‘alaba qozonishimizni xohlagandim. Lekin “Mash’al” ham yutuq uchun astoydil harakat qildi. Maydon egalari tarkibida o‘zgarishlardan keyin ular faollikni oshirishdi, to‘pga ko‘proq egalik qilishdi. Bizda ham, vaziyatni o‘z tomonimizga og‘dirish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Meni qanoatlantirmagani – hujumlarning so‘nggi pallada yakunlanmay qolishi, gol urganimizda, g‘alaba qozonardik.

— Davron Hoshimov chetlatildi va endi keyingi o‘yinda jamoaga yordam berolmaydi...
— Afsuski, shunday. Nima ham qila olardik, hakam shunday qaror chiqargan ekan, ko‘nishdan o‘zga chora yo‘q.

— Bugungi o‘yinni diskvalifikasiya sabab o‘tkazib yuborgan futbolchilarning yo‘qligi nechog‘li bilindi?
— Quvondiq Ro‘ziyev va Kosta Guttiner boshlang‘ich tarkib futbolchilari. Albatta, har bir futbolchi jamoa mexanizmiga o‘z ulushini qo‘shadi, agar bu ikki futbolchi hozir safimizda bo‘lganida, o‘yin boshqacha kechishi ham mumkin edi.

— 5 futbolchi almashtirish imkoni bo‘laturib, zaxiradan faqat 3 o‘yini maydonga tushirdingiz. Bu asosiy tarkibda o‘ynaganlarning harakatlaridan qoniqqaningizni bildiradimi?
— O‘yinning borishi shuni taqozo etdi, futbolchilarni almashtirishga ehtiyoj sezilmadi. Ba’zan zaxiradan tushganlarning o‘yinga kirishib ketishlari oson bo‘lmaydi.

— “Navbahor” kuchli beshlikka kira oladimi?
— Bu oson bo‘lmaydi, uchrashuvlarda ochko yo‘qotish vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Lekin kurash hali oldinda, turnir jadvalidagi zichlik saqlanib turibdi, demakki, umid bor. Buning uchun g‘alaba qozonish kerak.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:19, 23.10.2021.
O'qildi: 1513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.