Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

APL. «Manchester Siti» «Brayton»ni mag‘lub etdi, Foden dublga erishdi

APL. «Manchester Siti» «Brayton»ni mag‘lub etdi, Foden dublga erishdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 9-turi doirasida «Manchester Siti» safarda «Brayton» klubi mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

"Shaharliklar" birinchi bo‘limda o‘yin taqdirini deyarli hal qilib qo‘yishdi. 13-daqiqada Gyundogan hisobni ochgan bo‘lsa, taym o‘rtalarida Foden ikkita gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Gvardiola jamoasi ikkinchi bo‘limda tejamkor rejimda harakat qilgan bo‘lsa, "Brayton" faollik oshirdi. Mezbonlar o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida penalti ishlashdi va undan Mak Allister samarali foydalandi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Riyod Mahrez qulay vaziyatdan aniq zarba berib, hisobni 1:4 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

"Siti" ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 20taga yetkazib, 2-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Angliya chempionati, 9-tur
Brayton – Manchester Siti 1:4 (0:3)
Gollar: 0:1 – 13 Gyundogan, 0:2 – 28 Foden, 0:3 – 31 Foden, 1:3 – 81, penalti Mak Allister.
Brayton – Sanches, Dank, Bern (Lempti, 57), Veltman, Kukurelya, March, Lallana, Gross (Mak Allister, 72), Moder, Trossard, Mope (Mvepu, 58).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu, Gyundogan (Fernandinyo, 75), Bernardu Silva, Rodri, Grilish (de Bryuyne, 77), Foden, Gabriel Jezus (Mahrez, 87).
Ogohlantirishlar: Uoker (22), Joau Kanselu (60), Moder (63), Lallana (70), Ederson (84).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:29, 23.10.2021.
O'qildi: 2514 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик