Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 00:00 Albaniya 0-1 Ispaniya
25/06 00:00 Xorvatiya 1-1 Italiya
25/06 03:00 Kolumbiya 2-1 Paragvay
25/06 06:00 Braziliya 0-0 Kosta-Rika
25/06 20:00 Olimpik 2-0 Surxon
25/06 21:00 Fransiya 1-1 Polsha
25/06 21:00 Niderlandiya 2-3 Avstriya
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru 0-1 Kanada
26/06 06:00 Chili 0-1 Argentina
26/06 20:00 Andijon - Navbahor
26/06 20:00 Metallurg - Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya - Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina - Belgiya
27/06 00:00 Chexiya - Turkiya
27/06 00:00 Gruziya - Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador - Yamayka
27/06 06:00 Venesuela - Meksika
27/06 20:00 Neftchi - Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor - Bunyodkor

Ikki qutbliklar

Ikki qutbliklar

Baho:
+ | -

Bugungi kun sport voqealaridan eng yorqini albatta “el-klasiko” bo‘ladi. Messi-yu Ramossiz bo‘ladigan o‘yin zarracha qiziqishni yo‘qotgani yo‘q. Bu uchrashuv shunday voqea-ki, “Manchester Yunayted”- “Liverpul” jamoalarining bahsini ham o‘z soyasida qoldira oladi. Futbol olami bizga mana shunday ajoyib to‘qnashuvni taqdim etadi. Yuz yillardan beriki, ushbu jamoalar azaliy raqib sanalishadi. Ammo shunday bo‘lsa-da, ikki jamoaning libosida maydonga tushgan mardlar topilgan. Quyida aynan ham “galaktikos”, ham “blaugranas” tarkibida o‘yin o‘tkazgan yulduzlar haqida so‘z olib boramiz.

 Yulen Lopetegi

Ispaniyalik darvozabon faoliyati davomida ancha klublarda o‘ynashga ulgurgan. Ammo Lopetegi 1990-1991 yilgi mavsumlarda “galaktikos”ning zahira darvozaboni hisoblangan. Fransisko Buyoning soyasida qolgan darvozabon madridliklar safida bor yo‘gi bitta uchrashuvda maydonga tushgan va 3 bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘lgan. Taniqli murabbiy futbolchilik faoliyati davomida keyinchalik kataloniyaliklarning bosh jamoasi tarkibida ham paydo bo‘lgan. Andoni Subisarreta jamoadan ketgach, Viktor Valdes paydo bo‘lguncha “ko‘k-anorranglilar” darvozabon topishda qiynalishgan. Lopetegiga jamoa 5 bor maydonga tushish imkonini bergan va darvozabon o‘zini ko‘rsata olmagan. Ya’ni o‘sha uchrashuvlarda jami to‘qqiz bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan. Yulenning statistikasi ayanchli bo‘lsada, xar holda u ikki afsonaviy jamoa tarkibida maydonga tushgan kam sonli futbolchilardan biridir.

Samuel Eto’O

Kamerunlik xujumchining “Barselona”libosi ostida maydonga tushganini ko‘plab futbol muxlislari yaxshi bilishadi. Ammo, afrikalik futbolchi vaqtida “Real Madrid” tarkibida ham bir nechta uchrashuv o‘tkazishga ulgurgan. Faoliyatini 1997 yil “galaktikos” tarkibida boshlagan xujumchi uch yil “qaymoqranglilar” a’zosi hisoblangan. O‘sha vaqt ichida madridliklar tarkibida 7 ta uchrashuv o‘tkazgan Samuel biror marta raqib darvozasiga to‘p kirita olmagan. Uning ustiga madridliklar xujumchini ko‘pincha ijaraga berib yuborgan. 2004-yilda kataloniyalik safida paydo bo‘lgan Eto’O o‘zini yangi jamoada yaxshi xis qilgan. Ilk mavsumidayoq kamerunlik 45 uchrashuvda maydonga tushib, 29 golga mualliflik qilgan. Umumiy “Barselona” safida 199 ta uchrashuvda 130 bor raqib darvozasiga yo‘l topgan xujumchi kataloniyaliklarning afsonalaridan biriga aylanib ulgurgan.

Ronaldo

Braziliyalik “fenomen”-har tomondan afsonaviy futbolchi. U hatto ikki super jamoa tarkibida ham to‘p surishga ulgurgan. “PSV”dagi ajoyib o‘yinidan so‘ng, kataloniyaliklar tarkibida paydo bo‘lgan xujumchi “blaugranas” uchun faqatgina 1 mavsum 1996-1997 yillarda maydonda xarakat qilgan. Umumiy “ko‘k-anorranglilar” libosi ostida 49 uchrashuvda maydonga tushgan braziliyalik 47 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan. 4 yil “Inter” safida harakat qilgan “fenomen” 2002 yil “galaktikos” a’zosiga aylangan. “Real” uchun 177 bor maydonga tushgan Nazario 104 ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘yishga erishgan. 2007 yilda braziliyalik “qaymoqranglilar” bilan xayrlashib yana Italiyaga yo‘l olgan.

Mikael Laudrup

Daniya futboli afsonasi Laudrup ham ayni bir jamoa uchun sodiq qolmagan. Laudrupning yuqoridagilardan farqli tomoni shundaki, u bir super jamoadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchisiga o‘tgan. 1989-1994 yilgi mavsumlarda “ko‘k-anorranglilar” sharafini himoya qilgan futbolchi, jamoa safida umumiy 207 o‘yinda maydonga tushib, 44 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Keyin esa futbolchi 1994-96 yillarda madridliklar libosi ostida maydonga tushgan. Laudrup ikki jamoaning ham afsonasi sifatida ko‘z oldimizda gavdalanadi. U “qirollik klubi”da 76 uchrashuv o‘tkazib 15 bor raqiblar darvozasiga yo‘l togan.

 Giorge Xadji

Ruminiya futbolidagi eng mashxur shaxs hisoblanuvchi Xadjini ko‘plab futbol muxlislari “Barselona” afsonasi sifatida ko‘rishadi. Ammo u “qaymoqranglilar” safida ham ko‘plab uchrashuvlarda maydonga tushgan. 1990-92 yilgi mavsumlarda “Real Madrid” tarkibida maydonga tushgan ruminiyalik, jamoa tarkibida 84 bahsda yashil maydonga tushgan va 20 bor raqiblar darvozabonini ranjitgan. Keyinchalik ikki mavsum Italiyaga sayohat qilgan futbolchi, 1994 yilga kelib kataloniyaliklarning a’zosiga aylangan. Bu yerda ham ikki mavsum o‘ynagan futbolchi 51 ta o‘yin o‘tkazib, 11 bor gol kiritishga erishgan.

Bernd Shuster

Germaniyalik murabbiy futbolchilik faoliyatida ikki grand safida ham to‘p surgan. 1980-88 yilgi mavsumlarda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan futbolchi jamoa uchun 238 uchrashuvda maydonga tushgan va 87 ta golga mualliflik qilgan. U ham Laudrup singari to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqiblari safiga borib qo‘shilgan. “Galaktikos” tarkibida 2 mavsum o‘ynagan germaniyalik 86 o‘yinda 15 ta gol kirita olgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Shuster 2007-08 yilgi mavsumda “qirollik klubi”da murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

Luish Figu

Figuni hamma taniydi. U kataloniyaliklar uchun sotqinga ham chiqarilgan. 1995-2000 yilgi mavsumlarni “Barselona” safida o‘tkazgan yulduz futbolchi jamoa muxlislarining suyuklilaridan biri edi. Umumiy “ko‘k-anorranglilar” uchun 249 uchrashuv o‘tkazgan Figu jamoa safida 45 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Kataloniyaliklar uni o‘z afsonalari sifatida ko‘rishi mumkin edi. Ammo Figuning “Real Madrid” safiga o‘tgani ularga umuman yoqmagan. “Galaktikos” safida ham 5 mavsum o‘ynagan portugaliyalik “qaymoqranglilar” uchun 245 marotaba maydonga tushib 58 marta o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishni uddalagan. U madridliklar uchun afsonaga aylangan.

 Luis Enrike

Bu hamma tanigan o‘sha ajoyib murabbiy. U faoliyati davomida “Real Madrid” safida maydonga tushgan. “Barselona” uchun nimalar qilganini haqiqiy futbol ishqibozlari juda yaxshi bilishadi. 1991-1996 yilgi mavsumlarda “qirollik klubi” sharafini himoya qilgan futbolchi, jamoa safida 213 o‘yinda maydonga tushgan va 18 ta golga mualliflik qilgan. Keyinchalik “Real”dan “Barsa”ga ko‘chib o‘tgan futbolchi “ko‘k-anorranglilar”ning afsonasiga aylana olgan. 8 mavsumda 300 o‘yinda maydonga tushib, 109 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Enrike keyinchalik “Barselona” murabbiyi sifatida ham ish olib borgan va ko‘plab sovrinlar yutishga muvaffaq bo‘lgan.

Robert Prosinechki

Yosh futbol ishqibozlari uchun unchalik mashxur bo‘lmagan Robert ham ikki jamoa libosini kiyishga ulgurgan. Sayohatchi futbolchi 1991-95 yilgi mavsumlarni “qirollik klubi” safida o‘tkazgan. “Galaktikos” safida 73 uchrashuv o‘tkazgan xorvatiyalik jamoasi uchun 12 bor gol kirita olgan. “Real Ovedo” safidagi bir mavsumdan so‘ng futbolchi “Barselona” a’zosiga aylangan. Robert Kataloniyada ko‘p vaqt qolmagan. “ko‘k-anorranglilar” libosi ostida 26 o‘yin o‘tkazib, 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

 Xaviyer Saviola

“Barselona” safida porlagan Argentinalik xujumchi keyinchalik sevimli jamoasining raqibi hisoblanmish “Real Madrid” safida ham to‘p tepgan. Kataloniyaliklar safida 6 mavsum o‘tkazgan xujumchi 168 uchrashuvda maydonga tushib, 70 bor o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishni uddalagan. Xaviyer 2004-06 yilgi mavsumlarda ijara asosida boshqa jamoalarda to‘p surgan. 2007 yil Saviola to‘gridan-tog‘ri “Real Madrid” safiga boorib qo‘shilgan. “Galaktikos” safidagi ikki mavsumda argentinalik 29 uchrashuv o‘tkazib, 5 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Sizningcha ushbu futbolchilar bugungi bahsda kimga muxlislik qilishadi?

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:43, 24.10.2021.
O'qildi: 4831 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.