Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Ulug‘bek Baqoyev: «O‘yin ruhiy tomondan juda asabiy o‘tdi»

Ulug‘bek Baqoyev: «O‘yin ruhiy tomondan juda asabiy o‘tdi»

Baho:
+ | -

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» — «Paxtakor» (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi galda «Paxtakor»ni chempionlik bilan tabriklayman. O‘yindan oldin futbolda bo‘lgani kabi chempionlik yo‘lakchasi orqali tabrikladik. Chempion bilan oddiy o‘yin bo‘lgani yo‘q. O‘yin ruhiy tomondan juda asabiy o‘tdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Nimadir o‘xshadi yoki o‘xshamadi. Yigitlar ham asabiylashishdi, ham hayajonlanishdi. Standart vaziyatdan to‘p kiritdik. To‘p o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Futbolchilarga ishtiyoq va xohish uchun rahmat aytaman. Muxlislarni ham g‘alaba bilan tabriklayman. Chempionat davom etadi. Oldinda 3 ta uchrashuv qolgan. Taqvim esa og‘ir", – deydi Ulug‘bek Baqoyev.

— Oxirgi ikki yilda Shahboz Jo‘rabekovning o‘yini ancha o‘sdi. Uni ko‘proq oldingi chiziqda o‘ynatyapsiz. Aslida vazifasi qanday?
— U juda tarbiyali futbolchi va yaxshi inson. Maydonda va uning tashqarisida intizomga rioya qiladi. Har bir futbolchining oldidan ma’lum bir to‘siqlar bo‘ladi. Mana shu to‘siqdan o‘tib olsa, top-futbolchiga aylanadi. Agar yengib o‘tolmasa, o‘rtamiyona bo‘lib qolaveradi. U iloji boricha bolalar futbolidan voz kechib, barqaror o‘ynashi kerak. O‘yinini tahlil qilar ekanmiz, bir taymda juda yaxshi o‘ynashi mumkin. Nima qilish kerak bo‘lsa, a’lo darajada qiladi. Tanaffusda qo‘lidan nima kelsa, shuni emas, yanada yaxshiroq o‘ynashi kerakligini aytdim. Shahbozni gol urgani bilan tabriklab qolaman. Uni porloq kelajak kutmoqda. Aytganimdek, buning uchun to‘siqlarni bartaraf etmog‘i darkor. Eron yoki Janubiy Koreya chempionati darajasidagi futbolchi, deb o‘ylayman.

— «So‘g‘diyona» bu yil «Paxtakor»ga mag‘lub bo‘lmagan va ikki uchrashuvda 4 ochko olgan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Shaxsan o‘zingiz «So‘g‘diyona»ni Superligadagi eng kuchli jamoa, deb hisoblaysizmi?
— Nechta o‘yinda yutganimiz yoki yutqazganimiz muhim faktor hisoblanmaydi. Medallar uchun kurashayotganimizda, barcha futbolchilar, rahbariyat, oshpaz va boshqa xodimlarning xizmati katta bo‘lmoqda. Birinchi o‘rinda esa albatta, futbolchilar maydonda ter to‘kmoqda. Ular o‘ynasa, muxlislar stadionga keladi, to‘p tepishmasa, yo‘q.

— Mavsum davomida «Paxtakor» chempionlik uchun kurashda qaysi jihatdan ustunlik qildi?
— Ularning har bir pozisiyasida top-futbolchilar yig‘ilgan. Senda chempionlik vazifasi bo‘lsa, miyangda ham shu narsa aylanadi. Qaysidir ma’noda maydonga juda katta ishonch bilan chiqishadi. Chunki ular chempion. «Paxtakor»ga keyingi mavsum OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qolaman. O‘zbekiston nomidan ishtirok etishadi. Albatta, muxlislik qilamiz. Biz har doim raqibdan kelib chiqib o‘ynaymiz. Bugun tartibli o‘ynadik.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 23:33, 24.10.2021.
O'qildi: 1727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.