Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy 1-3 Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya 2-0 Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR 0-1 O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin 1-1 Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston 2-3 Eron
19/11 21:00 Ummon 0-1 Iroq
19/11 21:00 BAA 5-0 Qatar
19/11 23:15 Bahrayn 2-2 Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt 1-1 Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya 2-2 Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya 0-1 Ekvador
20/11 05:00 Argentina 1-0 Peru
20/11 05:00 Chili 4-2 Venesuela
20/11 05:45 Braziliya 1-1 Urugvay

Ole-Gunar Sulsher kechagi o‘yindan so‘ng nimalar dedi? (intervyu)

Ole-Gunar Sulsher kechagi o‘yindan so‘ng nimalar dedi? (intervyu)

Baho:
+ | -

Yakshanba oqshomida "Manchester Yunayted" klubi o‘z maydoni "Old Trafford"da eng ashaddiy raqiblaridan biri bo‘lgan "Liverpul"ni qabul qildi. O‘yin yakuni mezbonlar uchun alamli va sharmandali tarzda yakun topdi. Sulsher jamoasi raqiblardan besh marta to‘p o‘tkazib yubordi. Kamiga, maydonga yaqindagina tushirilgan Pol Pogba jiddiy qo‘pollikka yo‘l qo‘yib, qizil kartochka oldi. Ole-Gunar Sulsher ushbu mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Ammo norvegiyalik mutaxassis hali-hamon o‘zini jamoani oldinga boshlay oladigan eng yaxshi variant deb hisoblamoqda. Bahs "Old Trafford"da bo‘lib o‘tganiga qaramasdan, mezbonlar har ikki bo‘limda ikkinchi jamoa bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘lishdi. Uchrashuvda beshta gol urilgan bo‘lsa, ularning uchtasi Muhammad Salohga, qolganlari esa Nabi Keyta hamda Diyego Jotaga tegishli bo‘ldi.

Sulsher kechagi o‘yinga qadar o‘zini klub muxlislari va butun dunyo uchun "MYU"ga mosligi hamda jamoani Angliya futbolida yana yetakchiga aylantira oladigan insonligiga ishontirishga qattiq harakat qilayotgandi. Biroq, "Liverpul"ga qarshi bahs ko‘rsatib berdiki, unga Yurgen Klopp yoki Pep Gvardiola singari taktik murabbiy bo‘lishga hali ancha bor. Shunga qaramay norvegiyalik o‘zidagi ishonchni namoyish etishga, qolganlarni o‘ziga ishonishga targ‘ib etmoqda. U o‘yindan so‘ng "Sky Sports" telekanaliga intervyu berar ekan, shunday fikrlar bildirdi:

"Bu kun men jamoani boshqarayotgandan buyon eng omadsiziga aylandi. Bu haqida gapirish oson emas. Biz o‘yinda individual hamda jamoa sifatida yetarlicha harakat qilolmadik. "Liverpul" kabi raqibga bunday imkoniyatlarni bermasligimiz kerak edi. Lekin amalda ular o‘z rag‘batidan foydalana olishdi. Umuman biz ko‘rsatgan o‘yinni qoniqarli deb aytib bo‘lmaydi. Biz boshidayoq harakatni tez qilgandik. Ammo ularda imkoniyatlar paydo bo‘ldi va ulardan foydalanishdi. O‘yindagi uchinchi gol bizning taqdirimizni hal qilgandi. Mag‘lubiyat shaksiz mening ma’suliyatim. Bizdagi murabbiylar shtabi juda ham yaxshi. Men har bir o‘yin uchun alohida yondashuv tanlayman. Bu safargisi esa to‘g‘ri emasdi. Biz bahsda yakunlovchi nuqtalarda adashdik. Maydonda raqibga katta joylarni boy berib qo‘ydik. Bu esa gol urishga imkon berdi. Biz o‘z uyimizda "Liverpul"ga qarshi o‘ynadik. Biz ikki yarim yildan uzoq vaqt davomida shu yerdamiz. Men tanlagan uslub bo‘yicha o‘yin yuqori pressingga qurilishi kerak edi. Ammo raqibimiz berilgan imkoniyatlardan foydalanib ketdi. Biz "Manchester Yunayted" sifatida o‘z obro‘mizga yarash o‘yin ko‘rsatishimiz kerak edi. To‘rtinchi gol esa har o‘n besh daqiqada bitta gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin sodir bo‘ldi. Men o‘z futbolchilarimni nimalarga qodirligini bilaman. Ammo to‘rtinchi gol o‘yin tugaganini anglatardi. Siz o‘tgan mavsumda "Tottenxem"ga qarshi 6-1 hisobida imkoniyatni boy berganimizni eslasangiz kerak. Bu yomon, juda yomon. Men Manchester odami sifatida buni og‘ir qabul qilaman. Hozir esa yagona ayta oladigan narsam, buni tezroq yengib o‘tishim lozim".

Shuningdek, Sulsherdan o‘zini "MYU" uchun mos murabbiy sifatida ko‘rishi haqida so‘ralgandan quyidagicha javob qildi: "Men bu yerda juda uzoq yo‘l bosib o‘tdim. Umuman, jamoa sifatida uzoq safarimizni o‘tkazmoqdamiz. Biz hozirda taslim bo‘lish uchun juda yaqin kelib qoldik. Buni murakkabligini faqat boshidan o‘tkazgan insongina tushunadi. O‘yinchilarning ruhiy ahvolini tushunib turibman. Lekin bizda xarakter bor. Biz o‘zimizni yaxshi bilamiz va bundan yomonroq his yo‘qligini anglaymiz. Bu narsalar qayerga qarab yo‘nalganimizni ko‘rsatib beradi. Orqaga yo‘l yo‘q".


Hozirda "MYU" turnir jadvalining yettinchi pog‘onasini band etib turibdi. Klub yozda bir nechta yaxshi transferlarni amalga oshirganiga qaramay, peshqadam "Chelsi"dan sakkiz ochkoga ortda qolmoqda.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 10:46, 25.10.2021.
O'qildi: 8008 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.