Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Beyl qachon mashg‘ulotlarga qaytishi aniq bo‘ldi

Beyl qachon mashg‘ulotlarga qaytishi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Garet Beyl jarohatidan qaytishga yaqin ekanligini aytdi.

"Kecha Garet tibbiy ruxsatnoma oldi va menimcha, bir haftadan keyin u jamoa bilan mashg‘ulot o‘tay oladi. Balki u kelasi hafta "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin bo'lar", - dedi Anchelotti "Marca" nashriga.

32 yoshli uelslik futbolchi sentyabr oyi boshida "Selta"ga qarshi o‘yin oldidan, mashg‘ulot paytida o‘ng oyoq son payini jarohatlagan edi.

Joriy mavsumda Beyl Ispaniya chempionatida 3 o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urdi.

Manba: Sport-Express.ru
Kiritildi: 22:10, 26.10.2021.
O'qildi: 1886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик