Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Belgrad-2021. Mullojonov eronlik bokschini mag‘lub etdi

Belgrad-2021. Mullojonov eronlik bokschini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston boks terma jamoasining eng og‘ir vazndagi a’zosi Lazizbek Mullojonov jahon chempionatidagi o‘zining ilk jangini o‘tkazdi. Unga Puria Amiriy raqiblik qildi.

Fors sportchisi mahorati past emasligini namoyish etdi. Birinchi bo‘limda hamyurtimiz raqibga moslashib, asta-sekin aniq zarbalar sonini oshirib bordi va bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi — 10:9, 10:9, 10:9, 10:9, 9:10.

Ikkinchi bo‘limda esa Mullojonov o‘ziga qulay ritm, taktika va harakatlarni topib olib, yaqqol ustunlikka erishdi. Bu safar ham to‘rt hakam Lazizbekning ustunligini qayd etgan bo‘lsa, yana o‘sha yaponiyalik referi ustunlikni Amiriyga berdi.

Amalda g‘alabani naqd qilib qo‘ygan Mullojonov uchinchi bo‘limda qarshi hujum taktikasi o‘tgan bo‘lsa, Puria vabankka borib, oldinga tashlandi. Natijada so‘nggi raund eronlik bokschi foydasiga hal bo‘ldi.

Yakuniy baholar — 29:28, 29:28, 29:28, 29:28, 27:30. Mullojonov keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:08, 28.10.2021.
O'qildi: 3103 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.