"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan "Levante"ga qarshi o‘yinda (2:2) gol urdi.
Bu gol 30 yoshli futbolchi uchun "Atletiko"ga qaytgandan so‘ng La Ligadagi ilk gol edi. Antuan bundan avval 7 o‘yinni golsiz tark etgan.
Joriy mavsum, chempionlar ligasida fransuz 3 o‘yinda ishtirok etib, 3 gol urishga erishgan.