"MYU" o‘z futbolchisi Bayi o‘rniga o‘rinbosar topib qo‘ydi. Xabarda aytilishicha, Ole-Gunnar Sulsher himoyani barqarorlashtirish uchun "Torino" futbolchisi Gleyson Bremerni olib kelmoqchi.
Ushbu xarid kelayotgan qishda amalga oshrilishi aytilgan. 24 yoshli himoyachi Italiya chempionatidagi yorqin o‘yini "MYU" skautlari e’tiborini tortgan.
Braziliyalik futbolchining Turin shahrida yana 18 oy muddatga ega bitimi qolgan. "Torino" yaxshi taklif uchun Bremerni sotishga rozi bo‘lishi mumkin.