Mersisaydliklar yarim himoyachisi Nabi Keyta "Brayton"ga qarshi o‘yinda (2:2) jarohat oldi.
26 yoshli gvineyalik futbolchi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi, ammo 20-daqiqada jarohat oldi. Shundan so‘ng, uning o‘rniga Aleks Oksleyd-CHemberlen maydonga tushurildi.
Keytaning jarohati qay darajada jiddiyligi qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan so‘ng aniq bo‘ladi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi Premyer-ligada 7 o‘yin o‘tkazib, 2 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.