"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionatining 11-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Verona"ga qarshi o‘yin (1:2) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Hozir har qanday so‘z ortiqcha. Biz yomon holatdamiz. Bor vaziyatni qabul qilishimiz kerak — biz o‘rtamiyona jamoamiz. Dadillik va o‘z saviyamizni namoyish etsak, ushbu vaziyatdan chiqib ketishimiz mumkin.
Ushbu holatdan o‘zimizni olib chiqib ketamiz. Afsuslanib o‘tirishdan ma’no yo‘q, bu bizga yordam bermaydi. Bor e’tiborni qilishimiz kerak bo‘lgan ishga qaratishimiz lozim. Shunda barchasi o‘z joyiga tushadi.
"Yuventus" futbolkasi shunchaki bizga o‘rtamiyona jamoani mag‘lub etish uchun kafolat bermaydi. Har bir ochkoni qo‘lga kiritishimiz va bun to‘g‘ri yondashuvni amalga oshirishimiz zarur.
"Verona" "Yuventus"ni mag‘lub etish uchun nima qilish kerakligini bilardi. Bizning xatomiz shunda bo‘ldiki, o‘zimizni "Verona"dan kuchli deya hisobladik. Ayni paytda bunday emas. Realist bo‘lishimiz kerak.
Hech bir katta jamoa raqibni hurmat qilmagan g‘alaba qozona olmayapti. Bizga kurashish ishtiyoq yetmayapti. O‘yin bu — jang.
Hozir hech narsa deya olmayman. Maydonda o‘zimizni ko‘rsatish uchun ko‘p gapirmasdan va sidqidildan ishlashimiz kerak. Ayni paytda barchasi yomon, vaziyatni tahlil qilgan holda ishlashimiz. Bunda kimda nima yo‘qligini, kim charchaganini, kim kamroq bo‘lsa-da yordam berishi mumkinligini aniqlashimiz kerak", – dedi Allegri.