Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Klopp natijadan ranjiganini yashirib o‘tirmadi

Klopp natijadan ranjiganini yashirib o‘tirmadi

Baho:
+ | -

«Liverpul» ustozi Yurgen Klopp «Brayton»ga qarshi kechgan bahsdan (2:2) keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Hozir o‘zgartira olmayman, ammo mag‘lubiyatga uchramagan bo‘lsak ham ushbu natija mag‘lubiyatga teng baholanadi. Albatta, «Brayton» turli voqeliklar bilan ushbu oschkoga haqli. Bu ahamiyatsiz, chunki yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lganimizda, juda ham yaxshi harakat qildik, «Brayton»ga qarshi qanday o‘ynash kerakligini ko‘rsatdik. Ammo, keyin yetarlicha o‘ynamaganimzdan keyiin, ularga eshigimizni ochib qo‘ydik. «Barayton»ga qarshi himoyalanishning eng yaxshi yo‘li - bu to‘pni o‘zingizda saqlash va bu ishni bugun uzoq davommida bajara olmadik.

Shuning uchun, ikkita qoyilmaqom gol urdik, ayniqsa ikkita hisobga olinmagan gol juda chiroyli chiqdi. Sadioning ikkinchi goli «Liverpul»dagi 6 yillik faoliyatim davomidagi eng chiroyli gol bo‘ldi. Chunki, ularni qanday siquvga olishni va bosim uyistirishni to‘g‘ri qilgandi. Bu shunchaki ajoyib, qo‘l bilan o‘yin bo‘lgani biroz omadsiz. Keyin ular gol urishdi, biz yetarlicha o‘z o‘yinimizni o‘ynamadik, to‘g‘ri futbol ko‘rsatmadik. Yaxshi vaziyatlarimizda «Brayton» markaziga hujum uyushtirdik, buni qilish kerak edi va buni yana amalga oshirmadik.

O‘yinni sekin tashlab yubordik, bu noto‘g‘ri lahzada sodir bo‘ldi. Biz boshqa vaziyatlarda yetarlicha tashabbus ko‘rsatmadik va bu natija kutganimizdek bo‘lmadi. O‘ylashimcha, ikkinchi bo‘limda Salahning hisobga olinmagan golidan keyin juda ham ko‘p vaziyatlarni eslay olmayapman. Balki, oxirgi to‘rt yoki besh daqiqada biz biroz oldinda bo‘ldik. Ammo, bundan tashqari, to‘p bizga tushganida o‘yinni sekinlashtirishga harakat qildik. Ularning ikkinchi goli chiroyli bo‘ldi va ular shuning uchun ham bir ochkoga sazovor bo‘lishdi".

Murabbiy sifatida Grehem Potterning qobiliyati haqida

"Unda sizga kerak hamma narsa bor, u chindan ham hamma narsaga ega. Graxam hozirda juda ham yaxshimi yoki yo‘q, buni bilmmayman. U haqida aytishim mumkin bo‘lgan narsa shuki, u juda ham yaxshi yigit. Jamoasi uning qobiliyatini ko‘rsatmoqda va bu juda yaxshi. Unda futbol haqida aniq g‘oyalar bor va o‘z ishini a’lo darajada bajarmoqda. Men u haqda boshqa klublarga aytmoqchi emasman, ammo o‘ylaymanki, u o‘z kelajagi haqida qayg‘urmasligi kerak. Men ular qilgan ishni hurmat qilaman, lekin bugun biz ularga to‘g‘ri tarsaki beradigan kunimiz edi, buni qila olmadik. Uyda durang o‘ynashni yoqtirmayman. Xafa bo‘lgan joyim shundaki, to‘g‘ri zarba orqali o‘yinni yutishimiz kerak bo‘lgan kunda g‘alaba qozona olmadik, bu ishni qilmadik".

Manba: liverpoolfc.com
Kiritildi: 09:31, 31.10.2021.
O'qildi: 2715 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.