Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Ikki nafar hamyurtimiz jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi

Ikki nafar hamyurtimiz jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

Shu kunlarda jahonning eng kuchli harbiy dzyudochilari chempionlik uchun kurash olib borishmoqda. Kecha start olgan musobaqaning dastlabki kunidayoq ikki nafar hamyurtimiz jahonda tengsiz ekanliklarini isbotlashdi.

-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan kadetlar o‘rtasida jahon chempioni Diyora Keldiyorova endi harbiylar o‘rtasida ham jahon chempioniga aylandi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri yarim finaldan bahslarga qo‘shildi. Bu bosqichda fransiyalik Cheenne Muniyerni, finalda esa yana bir mezbonlar vakilasi Juliye Veyll Dit Moreyni mag‘lubiyatga uchratdi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqaning -60 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida tatamiga chiqqan Dilshodbek Baratov avstriyalik Daniyel Leutgeb, eronlik Muhammad Hoseyn, finalda esa fransiyalik Jolan Florimontdan ustun keldi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

O‘z tarixida yubiley 40-marotaba tashkil etilayotgan musobaqa 4 noyabrgacha davom etadi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 11:14, 31.10.2021.
O'qildi: 2523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик