Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter 1-2 Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 19:00 Nasaf 2-0 OKMK
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

«Nyukasl» ham bir kun kelib «Chelsi» singari jamoaga aylana oladimi?

«Nyukasl» ham bir kun kelib «Chelsi» singari jamoaga aylana oladimi?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 10 turida, «Nyukasl» o‘z maydonida amaldagi Yevropa chempionlari bo‘lgan «Chelsi»ni qabul qildi. Ushbu bahs jamoa va klub muxlislarini orzular og‘ushidan qaytishga va real ahvol haqida jiddiy qayg‘urishga majbur etgan. O‘yinning dastlabki bo‘limida darvozasi dahlsizligini saqlay olgan mezbonlar uchun hammasi ikkinchi taymga «asrab qo‘yilgan» edi. Yakun esa mezbonlar uchun qayg‘uli: 0:3.

«Nyukasl» muxlislari hali ham dunyoning eng boy klubini qo‘llab-quvvatlayotganiga, birpasda boy bo‘lib qolganlariga ishona olmayapti. Aslini olganda, ular kutgan voqea sodir bo‘ldi. Kim ham boy bo‘lishni istamaydi deysiz. Ammo bu omil jamoani birdaniga o‘zgartirib qo‘yishga qodir emas. Hamma narsaga vaqt zarur.
Tarixga, 2003 yilga qaytib ko‘raylik. «Chelsi»ni Roman Abramovich sotib olganida, jamoa muxlislari hozirgidek shon-shuhrat va qudratni tasavvur ham qilmagandir, balki. Biroq, «Nyukasl» jamoasi, rus oligarxi bundan 18 yil ilgari ilk marta sarmoya kiritgan jamoa holati bilan solishtirganda, ancha murakkab ahvolda turibdi. Ha, bu klub hozirda katta muammolar girdobida qolgan. Reallikni esa to‘g‘ri qabul qilish lozim. Jamoaning asosiy tarkibi juda nochor ahvolda! Bu esa natijalarda aks etmoqda. 10 turdan keyin «Nyukasl» APLda hali g‘alaba qozona olmagan ikkita jamoaning bittasi bo‘lib turibdi. Ammo 18 yil avvalgi «Chelsi»ning o‘yinlari bilan bularnikini solishtirganimizda, londonliklar ӯyinida umiddan ham kuchliroq narsa mavjud bo‘lganini kӯrish mumkin. Bu – ishtiyoq.

«Nyukasl» hattoki mana shunday o‘ta salbiy natijalari bilan ham, o‘yinni kuzatayotgan klub muxlislari orasida bir kun kelib hammasi yaxshilanishiga bo‘lgan umid o‘lmaydi. Bu umid arablardan ham ilgari bo‘lgan. Klubga kiritilishi kutilayotgan sarmoya esa butun dunyo ko‘z o‘ngida «Nyukasl» taqdirini o‘zgartirib yuborishi haqida tasavvur paydo qildi. Ha, yaxshi o‘zgarishlar bo‘ladi. Ammo bu siz o‘ylagandek tez amalga oshmaydi. Bu uchun, avval aytilganidek – ma’lum vaqt talab etiladi.

Bugunga kelib, Tayn daryosi bo‘yida joylashgan shaharning futbol jamoalari holatiga nazar solsangiz, o‘xshash hodisalarga guvoh bo‘lasiz. Xususan, hozirda Chempionship vakili Sanderlend ingliz futbolining uchinchi darajali ligasiga tushib ketish xavfi bilan o‘ynamoqda. Bu esa bizga jamoalarni solishtirsh imkonini berdi. Ha, «Nyukasl» «Chelsi»ga imkoniyatni boy berdi. Ammo ushbu jamoaning ashaddiy mahalliy raqibi sanalgan – «Sanderlend», Chempionshipda «Birmingem Siti» hamda «Roterdam Yunayted»ga mag‘lub bo‘ldi. Bu misolni keltirilishiga asosiy sabab, istalgan jamoada inqirozli vaziyatlar kuzatilishi va ayni damda bir shahar jamoalarining holatini taqqoslash edi.
Hozir asosiy mavzu – bu «Nyukasl». Bu jamoa yaqin davr ichida rahbar Mayk Eshli hamda bosh murabbiy Stiv Bryusni ketishga majbur qildi. Shunga qaramay, maydonda tezda o‘zgarish bo‘lishi oson kechmaydi. Bu klub qayta qurilishga muhtoj. Ushbu jarayon millionlarni talab etadi. Balki bu pullarni yanvar oyidayoq sarflash kerakdir. Ha, aynan shunday! Axir kechagi o‘yinda hammasi qaytadan isbot bo‘ldi. Ochiq aytish kerak, hatto, hozir «Chelsi»ning zahira o‘rindig‘ida o‘tirgan futbolchilar ham «Nyukasl»ning asosiy tarkibidagilarga qaraganda daraja jihatdan ancha farq qiladi. Ushbu futbolchilar «qarg‘alar» safida bo‘lganida, bemalol asosiy tarkibga kiritilgan bo‘lardi. Ammo ushbu klub hozirda uzoq muddatli puxta o‘ylangan rejaga muhtoj bo‘lib turibdi. Bunda pul asosiy va hal qiluvchi omil bo‘la olmaydi.

Bu borada «Nyukasl» «Chelsi»dan o‘rnak olishi lozim. Xususan, akademiya faoliyati bilan bog‘liq siyosatda ham. Ikki jamoa orasidagi kechagi bahsda «aristokratlar»ning tarbiyalanuvchilari ajoyib harakat qilishdi. Bunda Ris Jeymsning dubli va Xadson-Adoining mohirona harakatlari e’tiborga molik jihatlar sanaladi.
To‘g‘ri, «Nyukasl» hujumida ham akademiya futbolchilari asosiy o‘ringa ega. Biroq, yuqori darajaga ega akademiya futbolchilari jamoaning asosiy muammosi bo‘lib qolmoqda. «Chelsi» esa aynan mana shu jihat katta vaqt va mehnatni talab etishini ko‘rsatib bergandi. Ular, shuningdek, qanday qilib Yevropa va Jahon futbolida yuqori darajaga erishish bilan bog‘liq savolga javob bera oldi. Hozir esa, bu yo‘ldan istalgan klub, istalgan vaqtda foydalanishi mumkin.

Hozirda «Nyukasl» muxlislariga sabr va matonat zarur. Agarda bu jamoa tez orada o‘zini tiklay olmasa, bunga bardosh berish qiyin bo‘lar, ammo baribir muxlislar o‘z jamoasini qo‘llashi lozim. Bir narsa aniqki, yorug‘likdan ilgari, doimo zulmat bo‘ladi. Ammo fakt shuki, kecha 50 mingdan ziyod muxlislar o‘z jonajonlarining alamli mag‘lubiyatiga yana bir bor guvoh bo‘lishdi. Biz jamoa muxlislarini bunday qayg‘uga loyiq deb o‘ylamaymiz. Ammo ayni damda hammadan ham ko‘proq «Nyukasl»ga aynan muxlislar qo‘llovi zarur. Klub rahbariyati esa yana bir bor «Chelsi» tarixiga nazar solishi va 2003 yildan to hozirgacha bo‘lgan davrni erinmay tahlil qilishi lozim. O‘ylaymizki, «Nyukasl»ning imkoniyatlari bunga yetadi.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

 

Manba: 90min.com
Kiritildi: 19:05, 31.10.2021.
O'qildi: 1638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.