«Sevilya» himoyachisi Jyul Kunde «Barselona»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda. Kataloniya klubining bo‘lajak murabbiyi Xavi Ernandes futbolchini jamoada ko‘rmoqchi.
Bu transferga yagona to‘siq - futbolchining narxi. «Sevilya» Kunde uchun 80 million yevro talab qilmoqda.
Yozgi transfer oynasi vaqtida Kunde «Chelsi»ga o‘tishi mumkin edi, ammo andalusiyaliklar futbolchini qo‘yib yuborishmadi.