Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Angliyada hakam kulgili xatoga yo‘l qo‘ydi

Angliyada hakam kulgili xatoga yo‘l qo‘ydi

Baho:
+ | -

Angliyaning to‘rtinchi divizioni doirasida "Leyton Oriyent" klubi o‘z maydonida "Xartlpul Yunayted"ni qabul qildi. Uchrashuvda hakam tomonidan qo‘pol va kulgili xatoga yo‘l qo‘yildi.

Bahsning 40-daqiqasida bosh hakam Alan Yang yordamchi hakamga qo‘shilishi kerak bo‘lgan vaqtga ishora qildi va yordamchi hakam "4" raqami yozilgan tabloni ko‘tardi. O‘sha paytda u 40 va 45-daqiqalarni almashtirib yuborgandi.

Bahsning 45-daqiqasiga kelganda esa referi taym yakunlangani haqidagi hushtakni chaldi. O‘sha paytda hakamga xato qilganini tushuntirishga urinishdi, ammo u murojaatlarni rad qildi.

Tanaffusda esa hakam xatoga yo‘l qo‘yganini tushunib yetdi. Jamoalar maydonga qaytayotganida Yang futbolchilarga xato tufayli birinchi bo‘lim kam o‘ynalganini aytib, ikkinchi bo‘lim boshlanishidan avval birinchi taymning o‘sha qolib ketgan 4 daqiqasini o‘ynab qo‘yish kerakligini ta’kidladi. Jamoalar birinchi bo‘limdagi maydon tomonlarini egallashdi va istar-istamas 240 soniyani o‘ynab qo‘yishdi.

Shundan so‘ng klublar darvozalarni almashtirishdi va ikkinchi taymni o‘tkazishdi. Uchrashuvda mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Manba: footboom.com
Kiritildi: 20:31, 01.11.2021.
O'qildi: 5297 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик