Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Belgrad-2021. Qaysi mamlakatning necha sportchisi chorak finalga yetib keldi?

Belgrad-2021. Qaysi mamlakatning necha sportchisi chorak finalga yetib keldi?

Baho:
+ | -1
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Serbiyadagi boks bo‘yicha jahon chempionatida nimchorak final bosqich janglari yakuniga yetdi. Bugun esa chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi.

To‘liq tarkib bilan JCHga tashrif buyurgan O‘zbekiston delegasiyasining 7 nafar a’zosi saralash bosqichlarida imkoniyatni boy berishdi. Faqat 6 nafar sportchimiz ushbu bosqichga yetib kelishdi. Ular: Nodirjon Mirzahmedov (48 kg.), Abdumalik Halokov (60 kg.), Mujibillo Tursunov (63,5 kg.), Saidjamshid Jafarov (75 kg.), Madiyar Saidrahimov (92 kg.) va Lazizbek Mullojonov (+92 kg.).

Chorak finalda eng ko‘p ishtirokchi Qozog‘istondan. Qo‘shnilarimizning naq 10 bokschisi mazkur bosqichga yetib kelishdi. Ikkinchi o‘rin hozircha Rossiyaga tegishli. Ularning 8 nafar a’zosi medallar uchun yurishni davom ettirishmoqda. Uchinchi pog‘onani 3 mamlakat vakillari egallab turishibdi — O‘zbekiston, Kuba va AQSH — 6 nafardan.

Keyingi o‘rinlarni Hindiston va Tailand (besh) egallab turgan bo‘lsa, Ozarboyjonning 4 bokschisi musobaqada qoldi.

Braziliya, Yaponiya, Serbiya, Italiya, Qirg‘iziston, Fransiya va Turkiya 3 nafardan, Mo‘g‘uliston, Belarus, Angliyu, Armaniston, Gruziya va Ekvador ikki nafardan sportchi bilan o‘z ishtirokini davom ettirmoqda.

Quyidagi mamlakatlarning bir nafardan bokschilari JCHda qolishdi — Venesuela, Litva, Eron, Xorvatiya, Belgiya, Polsha, Barbados, Bolgariya, Finlyandiya, Germaniya, Trinidad va Tobago, Shotlandiya, Iordaniya, Albaniya, Moldova, Irlandiya, Kolumbiya, Meksika, Ukraina va Ispaniya.

Chorak final janglari bugun o‘tkazilsa, yarim final 4 noyabrga belgilangan. Final janglari 5 noyabr kuni o‘tkaziladi.

O‘zbekistonlik bokschilarning chorak finaldagi janglari ro‘yxati:

-48 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Temirtas Jussupov (Qozog‘iston) (17:00)

-60 kg: Abdumalik Halokov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) (17:50 dan so‘ng)

-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Viparon Jongjoxo (Tailand) (19:15 dan so‘ng)

+92 kg: Lazizbek Mullojonov - David Chaloyan (Armaniston) (20:15 dan so‘ng)

-63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Endi Kruz (Kuba) (22:55 dan so‘ng)

-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Lyuis Uilyams (Angliya) (00:40 dan so‘ng)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:34, 02.11.2021.
O'qildi: 9984 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.