Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

YECHL. «Dinamo Kiyev» - «Barselona». Raqamlar so‘zlaganda

YECHL. «Dinamo Kiyev» - «Barselona». Raqamlar so‘zlaganda

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-turi doirasida Ukrainaning «Dinamo» klubi o‘z maydonida Kataloniyaning «Barselona» jamoasini qabul qiladi.

Tomonlar o‘zaro 11 bor to‘qnash kelishgan. 8 marta «Barselona» g‘alaba qozongan, 3 uchrashuvda esa Kiyev klubi ustunlikka erishgan. To‘plar nisbati: 21-13, «Barsa» foydasiga.

20 oktyabr kuni o‘tkazilgan oxirgi qarama-qarshilikda 1:0 hisobi qayd etilgandi. Pikening 36-daqiqada kiritgan goli «ko‘k-anorranglilar» uch 3 ochkoni taqdim etgan.

Qayd etish kerak, Sergey Rebrov "Dinamo Kiyev"ning Chempionlar Ligasidagi to‘purari hisoblanadi - 31 gol. «Barselona»da esa Lionel Messi (120).

Chempionlar Ligasi 3-turidan keyin "Dinamo Kiyev" 1 ochko bilan guruhda to‘rtinchi, «Barselona» 3 ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rinda bormoqda. «Benfika» va «Bavariya» klublarida mos ravishda 4 hamda 9 ochko mavjud.

Lucheskuning murabbiy sifatida «Barselona»ga qarshi rekordi - 2 g‘alaba, 1 durang, 9 mag‘lubiyat. U 2009 yilgi UEFA Superkubogida «Shaxtyor» bilan «Barselona»ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Ispaniyada o‘ynagan:

Denis Boyko («Malaga», 2016/17, ijara)

Karlos De Penya ("Real Oviyedo", 2017, ijara)

Boyko Yevropa Ligasining 2014/15 yilgi mavsum finalida «Dnepr» safida «Sevilya»ga qarshi o‘ynagan va 3:2 hisobida andalusiyaliklar g‘alaba qozonishgan.

Serxio Aguero 2015/16 yilgi mavsum YECHLning nimchorak final bahsida Kiyevda o‘tgan «Dinamo» - "Manchester Siti" o‘yinida gol urgan va jamoasi bilan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Ansu Fati Ispaniya terma jamoasi tarkibidagi debyut golini aynan Ukrainaga kiritgan. 2020 yilning 6 sentyabrida o‘tkazilgan Millatlar Ligasi o‘yinida 4:0 hisobi qayd etilgan.

Oradan bir oy o‘tib, 13-oktyabdrda Tsigankovning goli Ukrainga Ispaniya ustidan g‘alaba keltirgan. Mazkur o‘yin ham Millatlar Ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan. O‘sha o‘yinda "Dinamo Kiyev"ning 7 nafar futbolchisi ishtirok etgan. «Barselona»dan esa faqatgina Ansu Fati Ispaniya sharafini himoya qilgan.

Bugungi bahsni Ovidu Hategan boshchiligidagi ruminiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 12:28, 02.11.2021.
O'qildi: 2461 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.