Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

"Ularning barchasi jarohatidan tuzalib safga qaytgani - ajoyib xabar" — Garsiya

"Ularning barchasi jarohatidan tuzalib safga qaytgani - ajoyib xabar" — Garsiya

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-turi doirasida «Barselona» safarda "Dinamo Kiyev" bilan bellashadi. Mazkur to‘qnashuvdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida kataloniyaliklar markaziy himoyachisi Erik Garsiya o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Bu o‘yin juda ham muhim, chunki g‘alaba qozona olsak, keyingi bosqichga chiqish masalasi o‘zimizga bog‘liq bo‘ladi. Biz hammamiz bilib turibmiz, ob-havo va safarimiz tufayli o‘yin biz uchun qiyin o‘tadi. O‘z uyimizda o‘tgan bahsda ham raqib bizga qiyinchilik yaratdi va safarda ham boshqacha bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa ham, jamoa ham ruhan, ham jismonan o‘yinga tayyor".

Erik Garsiya jarohatidan qaytgan bir qancha futbolchilarni tilga olib o‘tdi.

"Frenki de Yong va Ronald Arauxo biz uchun asosiy o‘yinchilar hisoblanishadi. Ansu Fati va Usmon Dembele bilan o‘yinda g‘alaba qozonishimiz mumkin. Ularning barchasi jarohatidan tuzalib safga qaytgani - ajoyib xabar".

Garsiyaning «Barsa»dagi birinchi oyi haqida

"Bu yerga kelishga qaror qilganimda, ishonchim komil edi va hech narsa o‘zgarmadi. Bizda ajoyib jamoa bor va natija har doim biz kutgandek bo‘lmasa ham, mavsumda bosib o‘tilishi kerak bo‘lgan uzoq yo‘l mavjud. Bizning jamoa - raqobatbardosh. So‘nggi paytlarda o‘zimni yaxshi, ishonchli va ancha qulay his qilib borayapman. Jamoaga yordam berishda davom etishni xohlayman.

O‘zimni tanqid qiluvchi birinchi insonman va yaxshilashim kerak bo‘lgan jihatlar borligini bilaman. Bilaman, yanada yaxshiroq o‘ynashim kerak bo‘lgan o‘yinlarda qatnashdim, ammo hozirgacha yaxshilanish maqsadida o‘z ustimda ishlab kelmoqdaman. Jamoada uzoq vaqt qolgan holda, imkonim boricha yordam berishdan umidvorman".

Jamoaning holati haqida

"Serji jamoaga yordam bermoqda. U bizning kuchliroq qiladi - bizga qarshi ishlagan natijalar bo‘ldo, lekin murabbiyning biroz o‘zgartirishlari bilan bir necha yaxshi natijalar qayd etsak, keyin jamoa sifatida o‘sishimizga ishonchim komil.

Eng yaxshi davrlarni o‘tkazmayotgan bo‘lsak ham, jamoa ruhan yaxshi holatda. Biz motivasiyaga to‘lamiz va vaziyatni o‘zgartirishni istaymiz. Biz bu vaziyatdan chiqib ketamiz".

"Dinamo Kiyev" ustozi, Mircha Luchesku: "O‘yinchilarimni ruhlantirishga sabab yo‘q deb o‘ylamayman. «Barselona» - garchi bir qancha asosiy futbolchilarsiz kelgan bo‘lsada, har doim «Barselona». Bu yerga kelgan hamma o‘yinchilar - top darajali. Ammo, «Dinamo»da ham sifatli futbolchilar bor va biz buni ko‘ramiz.

«Barselona»ning 2004 yili Donetskka tashrif buyurganini va o‘shanda Messi YECHLda debyut uchrashuvini o‘tkazganini jamoamga aytdim. «Shaxtyor» ajoyib intizom va fidoyilik evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Klub o‘shanda ham o‘tish davrini boshidan kechirgandi, hozir ham. Ijobiy natija qayd etish uchun eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak".

Manba: uefa.com
Kiritildi: 12:59, 02.11.2021.
O'qildi: 2977 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.