Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Eski ertak takrorlanadi(mi?)

Eski ertak takrorlanadi(mi?)

Baho:
+ | -

 

2018-2019 yilgi futbol mavsumi ko‘plab futbol muxlislarining yodida bo‘lsa kerak. O‘shanda Kloppning “Liverpul”i Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan edi. Ushbu maqola “mersisaydliklar” haqida emas. Negaki o‘sha yili yana bir jamoa hammani ko‘plab o‘yinlarda hayratga sola olgan edi. Bu mavsum ham o‘sha jamoa hozirda juda ham mazmunli futbol namoyish etmoqda. Bugun stadion.uz o‘sha mo‘jizalarni xush ko‘ruvchi “Ayaks”ning ushbu mavsumdagi kuchli tomonlari haqida so‘z yuritadi.

Murabbiyning imzosi

Futbol dunyosida agar muvaffaqiyatli natijaga erishilsa bu futbolchilarning darajasi tufayli ro‘y berdi deymiz. Misol o‘sha “Real Madrid”ning ketma-ket uch karra Chempionlar ligasi sohibi bo‘lgani. O‘sha paytlar “galaktikos”ning barcha a’zosi ajoyib o‘yin ko‘rsatgan va ko‘plab maqtovlar eshitishgan. Lekin Zidanni ulardan kam olqishlashgan.  Fransiyalikni istefoga chiqarib, o‘rniga Lopotegi kelganida hamma tushungan: aslida bunday yutuqqa erishishning asosiy sababchisi kim bo‘lganligini. Agar jamoada muvaffaqiyasiz ishtirok bo‘lsa hamma murabbiyni ayblaydi. Bunday xolatlar hozirgi futbolda har qadamda uchrayotgan hodisa. Xo‘sh, “Ayaks”ning murabbiyi jamoa uchun nimalar qilmoqda? Ten Hag hozirgi kundagi eng kuchli futbol mutaxassislardan biri. U qo‘lidagi bor masallig‘dan foydalanishga usta. 2019 yilgi mo‘jizasidan so‘ng ko‘plab grand jamoalar “Ayaks”ning futbolchilariga “sovchi” qo‘yishgandi. Jamoaning asosiy o‘zagi saqlanib qolgan bo‘lsada ten Hagning qo‘lida avvalgi ijrochilar yo‘q edi. Erik klubga boshqa jiddiy transfer qilishini talab qilmadi. Shunchaki akademiyadan o‘rinbosarlarni topdi va 2 yil sabr qildi. Endi u nihollarning meva berishini ko‘ring. Agar jamoa Chempionlar ligasida uzoqqa borsa, ko‘pchilik futbolchilarni gapirmaydi. Negaki ular hali o‘zini futbol ommasiga u darajada tanitgan emas. Bu yerda murabbiyning imzosi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. “Ayaks”ning yulduzi u. Hamma uni hurmat qiladi. Uning rejalariga amal qiladi. Shu sababli ham ularning o‘yiniga hamma oshiq bo‘lishadi.  Bu mavsum ham gollandiyaliklar shu o‘yinida davom etsa kamida chorak finalgacha yetib bora olsa kerak.

Akademiya transferdan ustun

“Ayaks” jiddiy transfer amalga oshirganini ko‘rgan yoki eshitganmisiz. Ularning uslubi shunday. Akademiya niderlandiyaliklarning asosi hisoblanadi. Shu tufayli ham amsterdamliklar katta transferni amalga oshirib ularga tayanishmaydi. Yoki nomi chiqmagan yigitchalarni xarid qilib ularni mashhurlikka olib chiqadi. “Ayaks”ning hozirgi tarkibiga e’tibor qarating. Deyarli ko‘pchiligi yoshlardan iborat topgan. Menimcha bu yilgi ishtirokdan so‘ng yana klub ko‘plab futbolchilarni katta summaga pullaydi. Lekin bu safar ten Hag ham ketishi mumkin. 2019-yildagi yulduzli tarkibning asosiy futbolchilarini ham albatta hamma “Ayaks” safida tanigan. De Yong, De Ligt, van de Bek va Ziyesh shular jumlasidan. Bir paytlar “Barselona” ham mana shunday rejimda ishlar edi. Ular ham ko‘proq akademiya futbolchilariga ishonch bildirardi.

Jamoada yetakchilar va yoshlar orasidagi munosabat

“Ayaks” tarkibida hech qanday yulduz futbolchi yo‘q. O‘sha paytlar ham shunday edi. Ammo katta futbolni ko‘rgan va katta jamoalar tarkibida o‘ynab eng gullagan davrini o‘tkazgan bir nechta yetakchilar mavjud. O‘sha “Ayaks”dagi yetakchilar ham shular edi. Dushan Tadich yoki Deyli Blind jamoadagi futbolchilarning o‘yini o‘sishidagi asosiy kuchlar hisoblanishadi. Bu ro‘yxatga albatta Marten Stekelenburgni ham qo‘shsa bo‘ladi. “Ayaks”da tarkib shu darajada mukammal va nozik yig‘ilganki, ularning orasidan bir yosh yigitchani olib o‘rniga jahon darajasidagi yulduzni qo‘shishsa hammasi buzilib ketadi. Ten Hag albatta bunday jamoani yig‘ish uchun ancha ter to‘kkan. Agar murabbiy boshqa bo‘lganda bu ishni bajarguncha uning sochi to‘kilib ketar edi. Tadich va Blind bilan birgalikda o‘ynayotgan yoshlarning kelajagi porloq desak bo‘ladi. Negaki hozirdan ularning ko‘pchiligi grandlar e’tiborida. Menimcha “Ayaks” mavsum oxirigacha ularni ushlab qolishga kuchi yetsa kerak.

“Ayaks”ning bo‘lajak yulduzlari

Albatta tenHag, Tadich va Blind bilan birgalikda bunday o‘yin ko‘rsata olmaydi. “Ayaks”da yuqori darajadagi, ammo hali futbol muxlislari yaxshi tanib ulgurmagan iqtidorli ijrochilar ko‘p.

Rayan Gravenberx (2002 yilda tug‘ilgan)

Rayan jamoaning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. “Ayaks”da De Yongdan keyin markazda ajoyib ijrochi paydo bo‘lgan va u Gravenberx. Juda bo‘ydor futbolchi o‘zining o‘yinlari bilan ko‘pchilik e’tiborini tortib ulgurdi. Uning harakatlari jussasi bilan paradoks desak bo‘ladi. Negaki baland bo‘ylilarda yuqori texnika kam uchraydi. Gravenberx maydonni ham yaxshi ko‘ra oladi va mayda paslarda juda yaxshi o‘ynaydi. Ba’zi harakatlari bilan Busketsni eslatishi mumkin. Lekin uning uslubi umuman boshqacha.

Antoni (2000 yilda tug‘ilgan)

Ushbu yosh braziliyalikni biz Tokiodagi olimpiada o‘yinlarida ko‘rgan edik. U hozir o‘shandan buyog‘iga ham ancha o‘sgan. Jamoaning hujum yaratish chog‘ida eng kerakli futbolchisi Antoni desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yuqori texnika albatta braziliyaliklarning asosiy quroli hisoblanadi. Antonida esa o‘sha brazilcha texnikaning juda ham chiroylilarini ko‘rasiz. Hozirdan “Barselona” “Bavariya” va “Manchester Siti” qiziqayotgan futbolchidan kelajakda Neymar chiqishi mumkin. Yosh yigitcha hozirda ko‘plab futbol muxlislarining ham e’tiborini tortgani ham bor gap.

Shunchaki bu jamoaning o‘yinlari har qanday futbol muxlisiga manzur keladi. Menimcha, oramizda bunday futbolni ko‘rish istagidagilar topilsa kerak.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:33, 02.11.2021.
O'qildi: 5683 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.