Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Konte «Tottenhem»da. Buyog‘i qanday kechadi?

Konte «Tottenhem»da. Buyog‘i qanday kechadi?

Baho:
+ | -

Antonio Konte — zo‘r murabbiy, ishlagan har bir klubida, ayniqsa, so‘nggi yillarda g‘alaba qozongan. Ammo “Tottenhem”da, Levi bilan birga uning nomi tilga olinishi biroz paradoksal. Muzokaralar chog‘ida ular nima haqida gaplashishgan, tomonlar bir-biriga qanday talablar qo‘yishgan, men uchun rostanam qiziq.

Konte g‘olib murabbiy bo‘lishi bilan bir qatorda, ancha og‘ir xarakterga ega. “Inter”da ikkinchi mavsumda chempion bo‘lguncha, bir necha bor rahbariyatni tanqid qilgan. Klub ilk mavsumdayoq 10ga yaqin futbolchilarni transfer qilish imkoniyatini bergan bo‘lsa ham. U doim klubga katta talablar qo‘yadi, agar bajarilmasa, o‘zini oqlash uchun matbuot anjumanida ochiq tanqid qilishdan ham qaytmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, “Tottenhem” yozda ham (klub direktori Paratichi Konte bilan yaxshi tanish, birga “Yuventus”da ishlashgan) Konte bilan aloqaga chiqqan, ammo murabbiy katta maosh, transferlar uchun ma’lum summa va Xarri Keynning qolishini istagan.

Levi yaxshi boshqaruvchi bo‘lishi bilan bir qatorda, biroz baxil hisoblanadi.  U uchun ideal variant – murabbiy ichki imkoniyatlardan maksimal foydalanib, yuqori o‘rinlar uchun kurashsa, uni yangi xaridlar uchun kamroq bezovta qilishsa. Shu bilan birga klub jozibador bo‘lishi, muxlislar bilan munosabatlar yomonlashmasligi ham kerak. Bu jihatdan Pochettino Levi uchun ideal variant edi. Nunu birinchi talabga mos kelsa-da, ikkinchisiga mos kelmadi, “MYU”ga qarshi o‘yinda shunchaki Lukas o‘rniga Bergveynni tushirish qarori stadionda qanday qarshi olinganini eslang. “Tottenhem” muxlislari Nununi qabul qila olmadilar. Bu faktor va albatta, Kontedan quruq qolmaslik (agar Sulsher nihoyat bo‘shatilsa, “Yunayted” uchun ham asosiy nomzod edi) faktori Levi va Paratichiga motivasiya o‘laroq xizmat qildi.

Lekin baribir, Kontega motivasiyani qanday topib berisharkin? Murabbiyning avvalgi chempionliklarini eslang. “Chelsi”da ilk mavsumda g‘alaba qozonganda, bir yil oldin “Lester” zafar quchgandi. Ya’ni top-klublarning o‘sha paytdagi holati ma’lum. Italiyada esa, inqirozga tushgan “Yuventus”ni chetga olsak, boshqa jamoalar fonida “Inter” eng faol bo‘lgan, katta tranferlar (Lukaku, masalan) amalga oshirgan.

Shu jihatdan, hatto “Tottenhem” kuchli to‘rtlikka qaytishi kerak, deb hisoblasak ham, yuqoridagi uchlik ma’lum, “Manchester Yunayted” hech bo‘lmasa, tarkib borasida “Tottenhem”dan ustunlik qiladi. Kontening keyinchalik injiqligiga aylanadigan talablariga Levi qay darajada tayyor?

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 17:53, 02.11.2021.
O'qildi: 4746 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.