"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi doirasida "Atalanta"ga qarshi o‘yinning (2:2) eng yaxshi futbolchi deb topildi. 36 yoshli portugaliyalik uchrashuv davomida dubl qayd etib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
"Janob Chempionlar Ligasi", - deb yozdi "Manchester Yunayted" matbuot xizmati Instagram sahifasiga Ronalduning sovrin bilan tushgan suratini joylab.