"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-tur doirasidagi «Atalanta»ga qarshi uchrashuvdan (2:2) keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Bu yerda o‘ynash doim murakkab bo‘lib kelgan, ammo biz oxirigacha ishondik. Jamoamga ochko olishi uchun yordam berganidamdan juda xursandman. Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz va oxirigacha ishonamiz. Bu biz uchun yaxshi natija. O‘yin boshi og‘ir o‘tdi. «Atalanta» bizni katta bosim ostida qoldirishini bilardik. Hali ham yaxshilanishimiz kerak. Bir-birimizga moslashishimiz lozim, ammo bunga vaqt kerak. Rivojlanishimiz va yaxshiroq bo‘lishimiz uchun vaqtimiz bor. Ularga qarshi harakat qilish har doim qiyin. O‘yin oxirida omadimiz keldi, ammo bu futbol.
«Atalanta» yarim himoyachisi, Kupmayners: "O‘yin oxirida gol o‘tkazib yuborish, bu hamisha yomon. Biz buni ustida ishlashimiz kerak, ayniqsa «Yunayted» kabi jamoalarga qarshi bahsda".
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand: "Ronaldu o‘yinda siz qiladigan eng og‘ir ishni bajaradi. Tanqid qilingan vaqtlarda, u istalgan stadion va joyda oldinga ko‘tariladi. Bu yigit haqida ortiqcha gapirish shart emas, ayniqsa to‘pni darvozaga joylab qo‘yishi haqida gap ketganda".
"Manchester Yunayted" ustozi Ole-Gunnar Sulsher: "Ikkala tomon uchun ham og‘ir o‘yin bo‘ldi. Ularning ikkala goli ham juda qiyin edi. Krishtianuga shunchaki qoyil. Unda bo‘lgan vaziyatda gol urish qiyin edi. Bu shunchaki aqlborvar qilmas darajada bo‘ldi. Hech kim bunday futbolchilarning xarakteriga shubha qila olmaydi. Ular taslim bo‘lishmaydi va oxirigacha davom etishadi. Bir qancha o‘zgarish qilishimiz kerak edi. Birinchi gol haqiqatan ham jamoaviy gol bo‘ldi. To‘p uzatmasida yuqori sifat. Bu biz o‘ynashimiz kerak bo‘lgan futbolning birinchi vaqti edi".
«Atalanta» ustozi Jan-Pyero Gasperini: "Bu juda ajoyib kecha bo‘ldi. Ammo, biz ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Natijadan xafa bo‘ldik. Ularning kuchi tugab borayotgandek tuyulgandi. Shunday bo‘lsada, biz «Yunayted»ga qarshi ikki bahsda ko‘rsatgan o‘yinimizdan faxrlanishimiz kerak".
Eslatib o‘tamiz, mazkur bahsda dublga erishgan Krishtianu Ronaldu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.