Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Yevropaning top ligalarida gol urgan eng keksa futbolchilar

Yevropaning top ligalarida gol urgan eng keksa futbolchilar

Baho:
+ | -

«Milan» futbolchisi Zlatan Ibragimovich bir oy oldin qirq yoshga to‘ldi! Ammo, qarilikni tan olmayotgan shved futbolchisi hamon gol urishda davom etmoqda. Bir necha kun oldin Zlatan «Roma» darvozasiga gol urdi. Bu gol Ibragimovich uchun klublar faoliyatidagi 400-gol bo‘ldi. Bunga terma jamoadagi 62 ta golni qo‘shsak, butun faoliyati davomida salkam besh yuzta gol urgan charm to‘p ustasiga aylnadi. Lekin eng muhimi, Zlatan oxirgi golini 40 yoshu 28 kunligida urdi. Shu sabab, «Stadion.uz» nashri katta yoshda bo‘lsa-da, yuqori saviyada o‘ynab kelayotgan va gol urgan futbolchilar haqida so‘z yuritadi.


 

Yevropaning yuqori ligalarida gol urgan katta yoshli futbolchilarning umumiy ro‘yxati quyidagicha.

Antonio Di Natale («Udineze», Italiya, 38 yosh, 7 oy, 3 kun) *

Aris Aduris («Atletik», Ispaniya, 39 yosh, 26 kun)

Ilton Vitorino «(Monpelye», Braziliya, 39 yosh, 4 oy, 27 kun)

Xoakin Sanches («Betis», Ispaniya, 39 yosh, 7 oy, 18 kun)

Zlatan Ibragimovich («Milan», Shvesiya, 40 yosh, 28 kun)

Klaudio Pizarro («Verder Bremen», Peru, 40 yosh, 10 oy, 7 kun)

* O‘yinchining oxirgi golini urgan yoshi qavs ichida ko‘rsatilgan.

Faoliyatini davom ettirishga kelsak, Ibragimovich hali Vitorino va Pizarroga yaqinlasha olmaydi. Birinchi futbochi «Monpelye»da 42 yosh-u, 5 oyligigacha o‘ynagan, Pizarro esa bundan roppa-rosa bir yil avval faoliyatini yakunlagan. Demak, shundan ko‘rinib uribdiki, agarda  Ibrahimovich yana 10 oy davomida faoliyatini yakunlamasa, perulik futbolchiga yetib olishi mumkin.
 

O‘zining tug‘ilib o‘sgan shahar jamoasi «Betis» sharafini himoya qilayotgan Xoakin hali faoliyatini yakunlagani yo‘q.

Ispaniyalik futbolchi shvesiyalik hamkasbidan uch oy-u, to‘qqiz kunlik katta, shuning uchun Sanchesning bitta aniq zarbasi tarixni qayta yozishi mumkin. Shu bilan birga, «Betis» yarimhimoyachisi La Liga va Yevropa Ligasida 20-25 daqiqa o‘ynaganini hisobga olsak, mukammallikka erishish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Boshqa tomondan, o‘tgan mavsumda Xoakin sezilarli darajada ko‘proq o‘ynadi, ammo u butun mavsum davomida ikkitagina gol urishga erishdi.


Reyting yetakchisi hamon Klaudio Pizarro hisoblanadi. Perulik futbolchi faoliyatini yakunlashni xayoliga ham keltirmayapti. Xatto, bunga koronavirus pandemiyasi ham xalaqit bermagan.

«Verder»ning o‘z tarixidagi eng yaxshi to‘purari va Bundesliga tarixidagi eng yaxshi xorijlik to‘purari Germaniya kubogida «Delmenxorst» darvozasiga so‘nggi golini urdi. 2019/2020 yilgi Germaniya milliy chempionati doirasida Klaudio o‘n sakkizta o‘yin o‘tkazdi, biroq o‘ynagan daqiqalari esa 10-15 daqiqadan ko‘proq bo‘ldi. 2020 yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvda perulik futbolchi o‘yinning oxirgi uch daqiqada maydonga tushdi, ammo «Kyoln»ni mag‘lub etishga yordam bera olmadi. Uning «Verder» jamoasi 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.


Jahon rekordi taniqli Kazuyoshi Miuraga tegishli bo‘lib, u 54 yoshida Yaponiyaning «Yokogama» jamoasida o‘ynashni davom ettirmoqda.

1980 yillarda faoliyatini boshlagan hujumchi  hamon yaxshi formada bo‘lib, muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda. U o‘zining so‘nggi golini 50 yosh-u uch oyligida kiritdi. Biroq J-liga va A Seriyadagi raqiblar saviyasini solishtirib bo‘lmaydi. Ibragimovich «yapon samurayi» yoshiga qadar o‘ynashi dargumon, ammo u gollar urishda davom etishiga shubha yo‘q.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 10:23, 03.11.2021.
O'qildi: 3148 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.